“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 07:04
ЎЗO‘Z

Oliy sud raisi: «Sudyalarimizning oyog‘i yerdan uzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak»

15 мая, 20:17 2 730 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy sud raisi: «Sudyalarimizning oyog‘i yerdan uzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak» Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish» mavzusida jurnalistlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Oliy sud raisi Kozimjon Komilov nutq qilgan.

«Avvalari bizning eshiklar jurnalistlar uchun yopiq edi. Buning yashiradigan joyi yo‘q. Sud sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich o‘tayotganini ko‘rsatish uchun sizlarni chaqirdik. To‘g‘risini aytish kerak, matbuot xizmatlari masalasida bizda kamchiliklar mavjud. Viloyatlarda matbuot xizmatlari yo‘q. 57 ta viloyat, 607 ta tuman va shahar sudlari mavjud. Ochig‘i, so‘nggi bir yilda qilingan ishlar beqiyos.

Jurnalistlarning sudlarga kirishiga to‘sqinliklar olib tashlandi. Asosiy masala sudda tartib-qoida buzilmasligidir. Sudya protsess olib borayotganda jurnalistlar sudning ichki qoidalariga rioya etishi kerak. Prezident qarorlaridan so‘ng, oshkoralik yanada oshirila boshlandi. Brifing degan tushunchalar paydo bo‘ldi. Bizda ishlarning 40 foizi sayyor sudlarda ko‘rilmoqda. Ochiqlik masalasiga kelsak, shanba kuni – Oliy sudda ochiq eshiklar kuni.

Hozir eng katta masala – xalqimizning huquqiy ongini oshirish. Bu juda og‘ir kechyapti. Ikki masala bizni qiynamoqda: berilayotgan materiallarning haqqoniyligi va hali kuchga kirmagan qaror yoki hukmni tarqatish. Bunga kimning haqqi bor. Andijonda mudhish, juda ham og‘ir jinoyat sodir etilgandi. Bu bir oila va jamiyat fojiasi. Sizlarning yozishingizga, kamchiliklarni ko‘rsatishingizga hech qarshilik yo‘q. Lekin huquqiy masalalarda jurnalistlarimizga yetarli bilimlar kerak. Shu paytgacha hech qaysi tashkilotdan «mutaxassislarimni o‘qitib bering» deydigani topilmadi.

Sud majlisida jurnalistlar ishtiroki bo‘yicha Nizom ishlab chiqsak, bu noto‘g‘ri bo‘lar ekan. Nizom bu faqat bir tashkilot uchun bo‘ladi. Bizda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» va «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar mavjud. Bularning hammasini ko‘rib chiqib, isloh qilsak va umumlashtirib jurnalistlarga bersak to‘g‘ri bo‘ladi.

Hozir qonunlar o‘rganib chiqib, ular ustida ishlar ketmoqda. Qaysi qonun ishlamoqda, qaysilari yo‘q ko‘rib chiqyapmiz.

Sudyalarning hammasi ham qo‘ngildagidek deb ayta olmayman. Sud’yalarimizlarning oyog‘i yerdan uzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Ular ochiq va samimiy bo‘lishi kerak. Biz nafaqat jurnalistlarni, sudyalarni ham o‘qitishimiz kerak ekan. Jurnalistik qonun-qoidalarni o‘rgatishimiz kerak.

Bizning sohada har kuni o‘qish kerak. Aytishadi-ku, yurist va shifokor doim o‘qishi kerak. Inson taqdirini hal qilish oson emas. 17 yil mobaynida Oliy sud ish ko‘rmagan. Ishlar viloyatda, tumanda ko‘rilgan. Mana eshiklar ochildi. Agar bir yilda 50 mingta ish ko‘rilgan bo‘lsa, 17 yil ichida salkam 900 mingga yaqin ish ko‘rilgan bo‘ladi. Shuning 10 foizi kelsa, ular bilan ishlash qanaqa bo‘ladi bilasizmi?

Sayyor sudlarda endi biz sifatga e’tibor qaratishni boshladik. Hali ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Masalan, sayyor sudda bir otaxon keldi. O‘g‘li bilan kelini janjallashgan. Natijada er xotinni urgan. U sudlanib qolgan. Ma’lum vaqt o‘tib, ular yarashishmoqda, lekin sudlangan holati saqlanib qolmoqda. Sudlanganlik olib tashlansa oila yanada mustahkam bo‘ladi. Bo‘lmasa, er xotiniga har kuni malomat qilishi mumkin-ku?

Bizda yarashuv instituti faqat birinchi instansiyada saqlanib qolmoqda. Apellyatsiya va kassatsiyada bu institut yo‘q. Yana bir holat: qonunda eng kichik jazo bu jarima. 90dan ortiq moddada buni qo‘llash mumkin ekan. Masalan, bir maktab direktori butun umr halol ishlagan. Lekin, 50 million so‘mni noto‘g‘ri ishlatgan. Yeb ketish boshqa, noto‘g‘ri ishlatgan boshqa. Sayyor sudda shunday odamlar kelsa yordam berolmaymiz. Qonun bunga yo‘l qo‘ymaydi. Agar zararni qoplasa va jarimaning ma’lum qismini to‘lasa, jazodan ozod etiladi va ertaga bu xatoni qilmaydi», deydi Oliy sud raisi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 186
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 329
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar