“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:34
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda piyoz narxi nega birdan ko‘tarildi?

15 мая, 19:29 12 617 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda piyoz narxi nega birdan ko‘tarildi? O‘zbekistonda piyoz narxi keskin ko‘tarildi. Bir kilo kartoshka narxi 2000 so‘m bo‘lgan bir paytda, yangi yetishtirilgan piyoz narxining 3,5 ming so‘mligi ayrim ekspertlarni ajablantirmayotgan bo‘lsa-da, oddiy aholida uchun bu sabzavotning salkam 3 barobar qimmatlashi ko‘plab savollarni yuzaga keltirdi.

Aytgancha, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, piyoz mavzusi bugungi kunda nafaqat O‘zbekistonda, balki Ukraina va Yevropa davlatlarida ham qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Xususan, internet nashrlarida piyoz borasida o‘zbek tadbirkorlariga bu yil omad kulib boqqani, O‘zbekistonda bu sabzavotning bir tonnasini 300 dollarga xarid qilib, har bir tonnadan 700-800 dollar, yoxud Ukrainaga eksport qilingan har bir fura piyozdan 15 ming dollargacha daromad olish mumkinligi yozilgan.

Sputnik muxbiri piyoz narxi nega birdan qimmatladi va qachon sabzavot narxi tushadi degan savollar bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qildi.

Vazirlikning sabzavotlar, kartoshka va polizchilik boshqarmasi bosh mutaxassisi Shavkat Bobomurodov, piyoz narxining ko‘tarilishini asosan eski hosilning tugab borayotgani va yangi piyozning endi yetishtirilib, bozorlarga yetkazib berilayotganida, deya izohlaydi.

Mutaxassisning aytishicha, piyoz O‘zbekistonda asosan Surxondaryoda yetishtiriladi, shuningdek, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida ham oz miqdorda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda piyoz asosan to‘qsonbosdi usulida yetishtirilib kelinadi. 2019 yilda 24500 gektar maydonda 1 million 420 ming tonna piyoz yetishtirish rejalashtirilgan. Sabzavot narxi esa iyun-iyul oylariga borib tushishi kutilmoqda.

Piyozning eksportga chiqariladigan hajmi haqida to‘xtalar ekan, Bobomurodov bunda aholi yillik talabidan kelib chiqqan holda, iste’mol, zaxira hisob-kitobi olinishini qayd etdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yil boshidan buyon shu kunga qadar 186 ming tonna piyoz eksport qilgan.

"Aslida piyoz narxining 3,5 ming bo‘lishi hozirgi mavsum uchun tabiiy hol. Fermerlarga piyoz yetishtirish har bir kilosi uchun 700-800 so‘mga tushmoqda. Shu bois, hozirgi narx iste’molchilarni taajjubga solmasligi kerak", - deydi u.

Ekspertning aytishicha, kartoshka takroriy maydonlarda, hududlar iqlimidan kelib chiqqan holda plyonka ostiga ekilishi mumkin bo‘lgan bir paytda, piyozni bu usulda ekib bo‘lmaydi. Shu bois, eski hosil tugashi arafasida va yangisi endi chiqayotgan mahalda sabzavotlar narxida bir oz qimmatlash yuz berishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar