“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

Nafsiga qozi bo‘lmagan sudyalar...

15 мая, 15:07 3 471 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nafsiga qozi bo‘lmagan sudyalar... «O‘rganib qolsang, birovning oshiga, kunda borarsan aning qoshiga», deganlaridek, pul, mol-dunyo orttirishga ruju qo‘ygan odam borgan sari insof-iymonini yo‘qotib, o‘z foydasi yo‘lida har qanday tubanlikdan ham toymaydi. Darhaqiqat, poraxo‘rlik, ta’magirlik va korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘luvchi, davlat manfaatlariga mutlaqo zid illat ekani borasida ortiqcha izohga hojat bo‘lmasa-da, yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar bu haqda yana bir bor fikr yuritishga majbur qilmoqda.

Pul bersang, ajrashtiraman

O‘tmishda poraxo‘rlik, ya’ni korrupsiya bo‘lmagan desak, yanglishamiz. Albatta, bu illat insoniyat tanasiga asosan «nafs» qiyofasida zulukdek yopishib, davlat asoslarini yemirib, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

So‘nggi paytlarda ayrim amaldorlarning poraxo‘rligi bilan bog‘liq holatlar hali oldimizda turgan ishlar yukini belgilab bermoqda. Zero, jamiyatda bir nafar bo‘lsa-da, poraxo‘r yoxud korrupsiya quliga aylangan amaldorning chiqishi xalqning davlat va rahbarlarga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadi. Boz ustiga, o‘sha beburd amaldor O‘zbekiston Respublikasi nomidan qaror qabul qiladigan sudya bo‘lsa-chi?! Bundan mudhish manzara bo‘lmasa kerak.

Axir aytishadi-yu, «Qozi muttaham bo‘lsa, dodingni kimga aytasan», deb... Qolaversa, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimining ta’magirlik qilishi, huzuriga adolat istab kelgan insonning «qo‘liga qarashi» nafaqat o‘sha adolat posbonining nomiga, balki butun boshli idora obro‘siga, hamkasblarining nufuziga ham putur yetkazadi.

Joriy yil yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida ana shunday qing‘irlikka qo‘l urgan sudya va uning yordamchisiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi sudya­si A.M. da’vogar A.Z.ning javobgar B.R.ga nisbatan nikohni bekor qilish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha ularga o‘zaro yarashishlari uchun 3 oy muddat berish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ke­yin esa yordamchisi D.J. orqali A.Z.ga shart qo‘yadi. Ya’ni agar 500 AQSh dollari bermasa, 3 oylik muddat o‘tgandan so‘ng da’vo arizasini rad qilishini aytib, da’vogarni pora berishga majbur qiladi.

Oradan bir haftacha vaqt o‘tgach, A.Z. sudya yordamchisi D.J. bilan bog‘lanib, uchrashuv belgilaydi. D.J. aytilgan joyga kelgach, «Sudya aytgan 500 AQSh dollari», deya unga pulni uzatadi. Sudya yordamchisi pulni olib, mashinadan tushgan vaqtda qo‘lga olinadi. Shundan so‘ng u topshirgan ariza yuzasidan tadbir davom ettiriladi va A.M. xizmat xonasida yordamchisidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Sud tomonidan A.M.ga 3 yil mansabdorlik lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huqu­qidan mahrum qilingan holda 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. D.J.ga esa 2 yil mansabdorlik lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudyaning o‘yini

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlar­aro sudi sudyasi Z.I. har ishda mohir, uddaburon chiqib qoldi. Yo‘qsa, o‘zining ish yurituvidagi fuqaro M.A.ning Urganch tuman hokimligi zimmasiga yerga egalik huquqini belgilash majburiyatini yuklash haqidagi da’vosini rad qilish haqida hal qiluv qarori qabul qilib, ushbu qaror apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan ham o‘zgarishsiz qoldirilganligini bilgani holda, bu holatdan unumli foydalanib qolishni rejalashtirarmidi?!

Ya’ni M.A.ning ishonchli vakili A.E.ga ushbu nizoli masalani poytaxtdagi rahbarlari bilan gaplashib, uning foydasiga hal qilib berishini va’da qiladi. A.E.ning ishonchiga kirgach esa, mazkur xizmat uchun 12 ming AQSh dollari berish lozimligini ta’kidlab, uni ko‘ndiradi.

Adolat peshvosi Z.I. 2018 yilning dekabr oyida da’vogarning ishonchli vakili A.E.dan talab qilingan pullarni olgan vaqt­da ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sud ikki nafar fuqaroni aldab, mansabini suiiste’mol qilgan tamagir sudyani 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huqu­qidan mahrum qilib, unga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi ta­yinladi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 0
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 127
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 0
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 0
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 0
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 0
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 22
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 19
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 84
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 463
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 158
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 135
  • Bo‘limlar