“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:31
ЎЗO‘Z

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati...

15 мая, 14:47 3 191 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati... Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 13.10.2006 yildagi ajrimiga asosan qarzdor M.Ibragimovdan undiruvchi Q.Allanazarovna foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Qarzdor M.Ibragimov muqaddam aliment to‘lamaganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudining hukmiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan davlat ijrochisining aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lashi to‘g‘risida bir necha marotaba bergan ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Natijada, M.Ibragimovning alimentdan qarzi 01.04.2019 yil holatiga 15.689.197 so‘mni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida “Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi” deb ko‘rsatilgan.

Shunga asosan, M.Ibragimovga nisbatan to‘langan hujjatlar uning javobgarlik masalasini hal qilish uchun Hazorasp tuman ma’muriy sudiga o‘tkazilgan.

Hazorasp tuman ma’muriy sudi tomonidan M.Ibragimovga nisbatan to‘plangan hujjatlarni mazmunan ko‘rib chiqilib, uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasidan nazarda tutuilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli unga nisbatan 15 kun muddat qamoq jazosi qo‘llanildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar