“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:30
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Abdusamatov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

13 мая, 17:23 3 973 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Abdusamatov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Baxtiyor Abdusamatov (Yunusobod tuman hokimi lavozimida ishlagan), O‘lmas Muxamedsaidov (vaqtincha ishsiz) va Shoxrux Malikov (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK bosh direktori lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Sudlanuvchilar B. Abdusamatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 210-moddasi (pora olish), O‘. Muxamedsaidov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) va Sh. Malikov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish), 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangandi.

Xabar qilinishicha, sud Baxtiyor Abdusamatovni 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. U 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK bosh direktori lavozimida ishlagan Shoxrux Malikov esa sud zalidan ozod etildi.

O‘lmas Muxamedsaidov 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Hukm hali kuchga kirmaganligi, norozi taraflarga shikoyat berish tartibi va muddati tushuntirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 41
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar