“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:23
ЎЗO‘Z

Sherali Jo‘rayev: "Dilda dardni to‘kmoq bo‘lsang o‘zbekona so‘ylagin!" (video)

09 мая, 13:43 3 968 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherali Jo‘rayev: "Dilda dardni to‘kmoq bo‘lsang o‘zbekona so‘ylagin!" (video) O‘zbekiston xalq artisi Sherali Jo‘rayev Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan suhbatda rus tiliga rasmiy maqom berish haqida bir guruh ijodiy intelligensiya vakillarining murojaati bois ko‘tarilgan bahsga munosabat bildirdi.

O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy maqom berish taklifi atrofidagi bahslarning "ohangi xavotirga solayapti" dedi xalq hofizi.
"Kimningdir topshirig‘i bilan bo‘layotgan gap bo‘lishi ehtimoli bor. Qo‘rqinchli tomoni shu", – dedi Sherali Jo‘rayev.

"Bir guruh ziyolilar"
30 aprel kuni rossiyaparast vesti.uz saytida e’lon qilingan murojaatda mualliflar O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini berish, buning uchun mamlakat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilganlar.

Ular 1995 va 2004 yillarda yangi tahrirda qabul qilingan "Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunda rus tili "millatlararo muloqot tili" sifatida eslatilmaganidan taassuf bildirishgan.

Mualliflar oxirgi yillarda O‘zbekistonda rus tilining faqat xorijiy tillardan bittasi sifatida o‘qitilishi qanchalik to‘g‘ri ekanini savol ostiga olishgan.
Ularga ko‘ra, rus tiliga o‘zbek va qoraqalpoq tillari bilan bir qatorda rasmiy maqom berishni "hayotning o‘zi taqozo qilmoqda".

Mualliflar Yevropaning ko‘pgina davlatlarida milliy ozchilik tillariga rasmiy va davlat maqomlari berilganini misol qilib keltirishgan.
Tashabbuskorlarning fikricha, rus tili orqali o‘zbek millati nafaqat "buyuk rus madaniyati, balki jahon madaniyati va ilm-fani bilan tanishgan".

Murojaat ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahsu munozaralarga sabab bo‘lgan.
Ularga ko‘ra, hozir millionlab o‘zbeklar rus tilini bilmagani uchun Rossiyada qiynalmoqda.

Avvaliga uch kishi imzolagan murojaatga keyinroq yana 15 kishining ism-familiyasi ham ilova qilingan.
Murojaat ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahsu munozaralarga sabab bo‘ldi, qator o‘zbek blogerlari murojaatga qarshi postlar yozishdi.

Bu yil "Davlat tili haqida"gi qonunning qabul qilinganiga 30 yil to‘ladi.
O‘tgan yil dekabrida Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev qonun ijrosi yillar davomida deyarli o‘z holiga tashlab qo‘yilganini tanqid qilgan.

Uning aytishicha, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va agentliklarning 2018 yilda qabul qilingan 34 ta qo‘shma qarori davlat tilida emas.
"Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 154 ta normativ-huquqiy hujjatning ilovalari davlat tilida tasdiqlanmagan", – deb aytgan Senat raisi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar