“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:19
ЎЗO‘Z

Milliy gvardiya va Xitoyning qurollangan militsiyasi mashg‘ulot o‘tkazmoqda

07 мая, 16:30 4 277 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliy gvardiya va Xitoyning qurollangan militsiyasi mashg‘ulot o‘tkazmoqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro «Hamkorlik-2019» rejasiga asosan Xitoy delegatsiyasining tashrifi bilan 2019 yilning 2 may kuni ikki tomon qo‘mondonligi uchrashib, hamkorlikdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha bir qator masalalalar muhokama qilingan edi.

«Hamkorlik-2019» aksilterror o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari joriy yilning 5 may kuni Jizzax viloyati «Forish» poligonida ikki qo‘mondonlik vakillari, Jizzax viloyati hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida start oldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Tursunov Botir Rajabovich va Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan Militsiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari general-leytenant Sin Tyanlar ochilish marosimda so‘zga chiqib bu o‘quv mashg‘uloti ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash bilan bir qatorda, Milliy armiyamizning yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishini ta’kidlab barcha ishtirokchi harbiy xizmatchilarga omad tiladilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi faxriy qorovul bataloni shaxsiy tarkibi o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishi bilan mehmonlar e’tiborini tortgan bo‘lsa, Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan Militsiyasi harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlari hamda mototsikllarni boshqarish usullari namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy konfrensiyada o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama etildi. Hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulotlar ikki hafta mobaynida davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 35
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 52
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 62
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 58
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar