“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:43
ЎЗO‘Z

Arzon uy-joylar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

07 мая, 15:42 4 664 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arzon uy-joylar berish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 12 apreldagi 285-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 12 apreldagi 285-son qaroriga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

Qarorning 2-bandida:

a) “b” kichik bandining (uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi) ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “ikki, uch qavatli” so‘zlari “ko‘p kvartirali” so‘zlari bilan almashtirilishi mumkin;

b) “v” kichik bandiga (nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘p qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi) quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qo‘shiladi:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) ajratiladi.

Tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar hamda ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.”

Qarorning 4-bandida:

a) “a” kichik bandining (uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati to‘lovining) ikkinchi xatboshidagi “25” raqami “10” raqami bilan, uchinchi xatboshidagi “75” raqami “90” raqami bilan almashtiriladi.

Qaror ilovasining:

a) 3-bandining (Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga Dastur doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi tartibda ajratiladi) ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “ikki, uch qavatli” so‘zlari “ko‘p kvartirali” so‘zlari bilan almashtiriladi.

b) 3-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qo‘shiladi:

“0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning o‘rniga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) ajratiladi.

Tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida 2-3 xonali bir qavatli uy-joylar hamda ko‘p kvartirali uylar qurilishi belgilanmagan bo‘lsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud bo‘lsa, talabgorlar ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larga toifalar bo‘yicha belgilangan taqsimotga istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi belgilab qo‘yilsin.”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar