“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Soliq qo‘mitasi attestatsiya va maxsus «qora ro‘yxat» haqida

07 мая, 14:00 3 103 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq qo‘mitasi attestatsiya va maxsus «qora ro‘yxat» haqida Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xizmati xodimlarining ayrimlarini ishdan olish yuzasidan maxsus “qora ro‘yxat” tuzilganligi uchun attestatsiya o‘tkazilayotganligi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Davlat soliq qo‘mitasining ta’kidlashicha, bunday gap-so‘zlar haqiqatga mutlaqo zid. Qo‘mita attestatsiya jarayoni yuzasidan tasdiqlanmagan turli ma’lumotlar tarqalishining oldini olish maqsadida aniqlik kiritib o‘tishga qaror qildi.

Bildirilishicha, attestatsiya yangi soliq konsepsiyasi ijrosini ta’minlash uchun xodimlarning qonun hujjatlarini qanchalik bilishi, professional jihatdan o‘z lavozimiga mos yoki mos emasligini aniqlab berishda muhim ahamiyatga ega. Attestatsiyaning birinchi kunida Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o‘tkazildi. Bugun esa navbat bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari attestatsiyadan o‘tishmoqda.

Attestatsiya DSQ tomonidan tasdiqlangan qat’iy qoidalar asosida o‘tkazilmoqda. Attestatsiya boshlanishidan ikki hafta avval savol-javoblar ro‘yxati tayyorlanib, korporativ tarmoqda joylashtirildi. Shunga muvofiq, soliq xizmati organlari xodimlari ushbu savollar doirasida javob beradi va shu asosida ularning kasbiy malakasi baholanadi.

Attestatsiyada berilayotgan savollar xodimlarning har kunlik bajaradigan ishi bilan bevosita bog‘liq. Ularni baholash yuzasidan boshqa hech qanday omillar qo‘llanilmayapti. Bundan tashqari, xolislikni ta’minlash va tortishuvli vaziyatlarning oldini olish maqsadida attestatsiya jarayonlari videokamera orqali yozib olinmoqda va xodimlar bilan o‘zaro suhbatning stenogrammasi yuritilmoqda.

Attestatsiyadan o‘tish faqat inspektorlarga tegishli bo‘lib, u inspeksiya va boshqarmalar rahbarlariga taalluqli emas.

Agar xodim attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lsa, u holda 10 kun ichida komissiyaga murojaat qilishi mumkin. Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar hech qanday ishdan bo‘shatilmaydi, balki faqat lavozim darajasi pasaytiriladi.

Attestatsiya o‘tkazishdan asosiy maqsad – yuqori lavozimlarda ishlashga loyiq va soliq sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘sha oladigan kuchli va malakali mutaxassislarni aniqlab olishdan iboratdir. Attestatsiya iyun oyining oxirigacha davom etadi, deyiladi DSQ matbuot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar