“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 13:57
ЎЗO‘Z

Xalqdan uyalmaydigan rahbarlar bor ekan, dushmanning keragi yo‘q

06 мая, 08:20 4 595 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalqdan uyalmaydigan rahbarlar bor ekan, dushmanning keragi yo‘q Foto: «Google.com»
...Bir viloyatning travmotologiya shifoxonasida bittagina lift bor, xolos. Undan faqat og‘ir ahvoldagi bemorlargina olib chiqiladi. Hatto oyog‘ini sindirib olganlar ham beshinchi qavatga qadar zinadan chiqishga majbur. Agar hushidan ketib qolish xavfi bo‘lsa, liftdan foydalanishi mumkin, yo‘qsa...

Shu viloyatning moliya boshqarmasiga boring: binoning hashamatiga og‘zingiz ochiladi. Moliya xodimlari bo‘lmish yosh-yosh yigitchalar uchinchi qavatga ham Germaniyadan keltirilgan antiqa liftda ko‘tarilishadi (bu liftdan foydalanish uchun og‘ir ahvolda bo‘lish yoki hushdan ketish shart emas).

Savol tug‘iladi: shu hashamatlar uchun ana o‘sha - lift yetishmagani uchun beshinchi qavatga qadar qo‘ltiqtayoqda chiqishga majbur bo‘layotgan xalq vakillari to‘lagan soliqlardan foydalanilganmi? Tabiiyki, foydalanilgan. Bu – adolatsizlikning eng xunuk ko‘rinishi emasmi?

Toki amaldorlar xalqdan uyalmas ekan, xalq bilan hisoblashmas ekan, bizga boshqa dushman shart emas. Bitta ko‘zini yog‘ bosgan, xalqdan uzoq amaldor yurtga zarar keltirish bo‘yicha chetdan keladigan mingta yovning o‘rnini bosa oladi.

Eslatma: Mabodo o‘sha viloyat qaysi ekanini bila olmayotgan bo‘lsangiz, o‘z hududingiz kasalxonasiga boring. Lift yo‘qmi, demak bu gap o‘sha viloyatga tegishli.


Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 0
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 120
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 157
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 143
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 0
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 0
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 1
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Bo‘limlar