“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:40
ЎЗO‘Z

O‘zbek tilini bilmaslik – sizning muammongiz!

05 мая, 10:05 4 129 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek tilini bilmaslik – sizning muammongiz! Bir guruh faollarning vesti.uz saytida rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifi bilan chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek ziyolilarining keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Karimova ham ayni shu mavzuga "O‘zbek tilini bilmaslik – sizning muammongiz!" deya munosabat bildirdi.

Rus tilini bilishimiz kerak, ha, u bizni dunyo bilan bog‘lovchi vositalardan biri. Lekin ona tili bilan bir maqomga ko‘tarish shartmi? Chet tillarni xalqning milliy tuyg‘usiga tegmay o‘rgansa, o‘rgatsa bo‘lmasmi?

Eng qizig‘i, tashabbuskor ziyolilarimizning ko‘pi o‘zbek tilidan chala-chulpa xabardor, tuzukroq gaplasha olmaydi, hatto o‘zbek tilini tushunmaydiganlari ham bor. Ular millat manfaatini o‘ylabmi yo shaxsiy foydalarini ko‘zlab bu taklifni ilgari surdilar?!

Bir qancha davlatlarda rasmiy til ikkitaligini pesh qilishibdi. Lekin dunyo mamlakatlarining aksarida davlat tili yagonaligini, milliy madhiya ikki tilda emas, bir tilda kuylanishini, imtihonlar faqat davlat tilida topshirilishini, darslar shu tilda o‘tilishini, barcha muassasa va korxonalarda yagona tilda ish yuritilishini nahotki bilmasalar?

Pushkin tilini ko‘kka ko‘tarayotganlar Navoiy, Mashrab tilini ham o‘rganib olsalar yomon bo‘lmasdi. Vaholanki, Aleksandr Pushkin, Fyodor Dostoyevskiy, Lev Tolstoylar rus elitasining fransuzparastligidan ranjib, o‘z ona tilini ulug‘lagan ulug‘lar edi. Nega siz, hurmatli ziyolilar, ona tilingizni bu qadar yerga urasiz?

Bizning yurtimizda qanchadan-qancha rus, koreys va boshqa millatga mansub odamlar yashaydi. Shu yerning suvini ichib, nonini yeb, shu o‘lkada o‘sib-ulg‘ayishgan. Ming afsuski, ularning ko‘pi o‘zbek tilida gaplashishni bilmaydilar, hatto o‘rganishga ham harakat qilmaydilar. Axir, tilga behurmatlik – elga behurmatlik emasmi?! O‘zbek xalqining tantiligi, ochiq ko‘ngilligi, kechirimliligini hadeb sinayverish yaxshilikka olib borarmikan?..




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 28
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar