“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:47
ЎЗO‘Z

«Chinni bozor» yaqinida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

03 мая, 19:50 3 895 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Chinni bozor» yaqinida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi Bugun, 3 may kuni Toshkentdagi «Chinni bozor» yaqinida yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Bu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

«Bugun, 3 may kuni soat 14:30da «Chinni bozor» bozori yaqinidagi Toshkent halqa yo‘liga tutashuvchi ikkinchi darajali yo‘lda joylashgan jamoat transportlari bekatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. 8-sonli avtoparkka tegishli 147-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Mersedes-Bens» avtobusining 20 yillik ish stajiga ega haydovchisi yo‘lovchilarni tushirayotgan paytda noma’lum sababga ko‘ra avtobus oldinga qarab yurib ketgan.

Harakat davomida avtobus bekatda turgan ikki kishini bosib ketgan va taxminan 10 metr masofani bosib o‘tib, oldingi g‘ildiragi bilan beton ariqqa taqalib to‘xtab qolgan. YTH natijasida 14 yoshli S.G. (qiz) va 30-35 yoshlardagi shaxsi aniqlanayotgan ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Chilonzor tuman ichki ishlar organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, YTH sabablari o‘rganilmoqda», – deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 28
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar