“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:00
ЎЗO‘Z

O‘zMTRKning yangi “Mahalla” teleradiokanali 7 yanvardan efirga chiqadi

02 yanv, 13:51 7 859 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zMTRKning yangi “Mahalla” teleradiokanali 7 yanvardan efirga chiqadi O‘zMTRK tarkibida yangi tashkil etilayotgan “Mahalla” teleradiokanali o‘z teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarini 7 yanvardan boshlab efirga uzatadi. Bu haqda O‘zMTRKning “Sado ilova” nashrida ma’lumot berilgan, deb yozadi kun.uz.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining 2014 yil 17 dekabrdagi “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleuzatishlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yangi, raqamli “Mahalla” teleradiokanali ishga tushirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Teleradiokanal dasturlarida asosiy e’tibor respublika aholisi, ayniqsa, yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda noyob milliy tuzilma sifatida mahalla institutining roli va ahamiyati to‘g‘risida keng xabardor etishga qaratiladi.

Shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish bo‘yicha namunaviy mahallalarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, aholi bandligini hal etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish, mahallalarning davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik tuzilmalari bilan ijtimoiy sherikchiligini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mahallalar faoliyatini keng yoritish mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Prezident qarorida “Mash’al” radiokanalini mavjud xodimlari va xarajatlar smetasini saqlab qolgan holda, “Sport” teleradiokanali tarkibidan “Mahalla” kanaliga tarkibiga o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 136
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 57
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 64
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 51
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar