“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:41
ЎЗO‘Z

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish yangi qonun bilan tartibga solinadi

03 мая, 13:53 3 556 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish yangi qonun bilan tartibga solinadi 2019 yil 2 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, deputatlar dastlab «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, mazkur loyiha bilan Hisob palatasining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari, palata raisi, uning o‘rinbosarlarining vakolatlari, Hisob palatasi mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari belgilab berilmoqda.

Shuningdek, loyihada Hisob palatasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida palata tomonidan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi, shu jumladan, elektron shakldagi ma’lumotlar almashinuvi borasidagi o‘zaro hamkorlik qilish tartibi bayon etilgan. Bundan tashqari, davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida loyihada Hisob palatasiga byudjet va smeta-shtat intizomining buzilishida aybdor bo‘lgan mas’ul shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortishni so‘rab, sudga murojaat qilish huquqi belgilab qo‘yilmoqda.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda, Hisob palatasi faoliyatini, shuningdek, palata tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazoratni yo‘lga qo‘yish maqsadida Hisob palatasi Standartlarini belgilash taklif etilmoqda.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini yanada takomillashtirish barobarida uning funksiyalari qonuniy asosda amalga oshirilishiga olib keladi.

Majlisda, shuningdek, pul-kredit siyosatini liberallashtirish, soha faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Jumladan, «Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi hozir amal qilib turgan shu nomdagi qonundan tubdan farqlanib, amaliyotda uchraydigan deyarli barcha valyuta operatsiyalari turlarining amalga oshirish tartibini belgilaydi.

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi esa, pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, narxlar barqarorligiga qaratilgan ta’sirini kuchaytirish, jumladan, amalga oshirilayotgan choralar asosida asossiz inflyatsion holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, ushbu loyihalarning qabul qilinishi valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda rezidentlar va norezidentlarning chet el valyutasidagi mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishga, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Mamlakat iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi mustahkam qonunchilik bazasini shakllantirishga zamin yaratadi. Shuningdek, Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishida zamonaviy mexanizmlar qo‘llanilishi, tijorat banklarining boshqaruv va tavakkalchilik-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashtirilishiga, bank tizimidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish samaradorligini oshirishga, innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilishini ta’minlashiga ko‘maklashadi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan yana bir masala — «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining birinchi o‘qishdagi muhokamasi ham bahs-munozaralarga boy kechdi.

Ma’lumki, mamlakatda ko‘p kvartirali uylar uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan boshqariladi. Bugungi kungacha ular faoliyatini tartibga soladigan qonunlarning amaliy ijrosini o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘p kvartirali uylarni saqlashga doir munosabatlarni shirkatlardan tashqari boshqa tuzilmalar ham turli usullar orqali boshqarishi, aynan shunday aralashuvlarga chek qo‘yish masalasida qonun hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Shu munosabat bilan ko‘p kvartirali uylar boshqaruviga mutasaddilik qilish faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi aniq qoidalardan iborat ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga qaror qilindi. Loyiha bilan ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni boshqarish munosabatlarini tartibga solish, boshqaruv shakllari, boshqarish organlarining huquqlari hamda majburiyatlari belgilanmoqda. Ularni tuzish, faoliyat yuritishi, shuningdek, davlat boshqaruvi va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga solish nazarda tutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar