“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:29
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda ag‘darilib ketgan poyezd bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bayonot berdi

03 мая, 06:36 4 998 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda ag‘darilib ketgan poyezd bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bayonot berdi 2019 yilning 30 aprel kuni soat 21:25 da Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining Oqrabot – Chashmaihofizon temir yo‘l uchastkasining 103 kilometrida (Oqrabot stansiyasidan 8 km uzoqlikda) poyezd harakatining o‘ng tomonida yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Ko‘chki yo‘lovchi poyezdning izdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ hodisa yuzasidan bayonot tarqatdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot-tahliliy media markazining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, yer ko‘chkisi ro‘y bergan o‘sha onda ushbu uchastkadan №81-sonli Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi harakatlanayotgan bo‘lgan va poyezdning 3 ta vagoni harakatdan to‘xtagan. Mazkur poyezd ishchi-xodimlari (brigadasi) tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan tezkor sa'y-harakatlari tufayli barcha yo‘lovchilar poyezdning qolgan vagonlariga ko‘chirilgan va joylashtirilgan. Qayd etish joiz, mazkur holatda jabrlanganlar bo‘lmagan. Barcha buyum va hujjatlar o‘z egalariga yetkazilgan.

Soat 22:10 da №81-sonli poyezd «Dehqonobod» stansiyasiga yetib kelgan. U yerda yo‘lovchi poyezdi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, shuningdek, yo‘lovchilarni joylashtirish maqsadida qo‘shimcha ikkita vagon ulangan. Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi o‘z manziliga yetib borgan.

Hozirgi vaqtda, shikastlangan temir yo‘lning ustki qismi to‘liq ta'mirlanib, po‘lat izlari tiklangan hamda yuk tashish va yo‘lovchi poyezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘chki sodir bo‘lgan hudud «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Axborot-tahliliy media markazining izohiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari va messenjerlarda tarqatilayotgan fotosuratlarda po‘lat izlarining qayta tiklash jarayoni aks ettirilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ham Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘i yaqinidagi temiryo‘l cho‘kkani, oqibatda poyezd lokomotivlari yo‘lga tiqilib qolgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda yo‘l tinimsiz yoqqan yomg‘irlar oqibatida yumshab, o‘pirilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 0
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 79
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 27
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar