“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:03
ЎЗO‘Z

Sirtqi ta’limga qabul tartibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

02 мая, 13:37 5 655 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirtqi ta’limga qabul tartibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Mahalliy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish mexanizmiga tuzatish kiritildi. Bakalavriat, magistratura va sirtqi ta’lim shakliga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Norma’ning yozishicha, sirtqi shaklda faqat to‘lov-kontrakt asosida o‘qish mumkin. Hujjatlar har yili 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari dasturlari, baholash mezonlari, topshiriladigan fanlar (kamida uchta) bloklari imtihonlar boshlanishidan oldin abituriyentlar e’tiboriga yetkaziladi.

Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha, o‘qitish tilida o‘tkaziladi. Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi. Yozma (amaliy) ishlar titul varaqlariga identifikatsiya raqamini qo‘yish yo‘li bilan shifrlangan holda topshiriladi va tekshiriladi.

Imtihonlar tegishli bakalavriat yo‘nalishidagi 3 ta fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal balldan kelib chiqib baholanadi. Har bir fan bo‘yicha savollar blokidagi fanning o‘rniga qarab maksimal ballning 0%idan 100%igacha bo‘lgan oraliqda ball qo‘yiladi.

Topshirilayotgan fanlarning har biri bo‘yicha imtihon natijalari ular o‘tkazilganidan keyin 1–3 kun muddatda oliy ta’lim muassasasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sinov natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda ular rasman e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya arizasini berish mumkin. U 1–3 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

O‘qish uchun belgilangan to‘lov 15 sentyabrgacha to‘lanadi, shundan so‘ng rektor o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtiradi.

Hujjat 29.04.2019 yildan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar