“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 21:34
ЎЗO‘Z

Rustam Madumarovga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildimi?

01 мая, 17:55 3 923 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rustam Madumarovga tegishli 7 milliard so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildimi? Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – "EDEL VEYS-ALI" mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Qayd etilishicha, ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich narxi yetti milliarddan ortiq (7 567 767 500.00) so‘m bo‘lgan firma narxi hozirda 4 142 518 600.00 so‘mga tushgan.

E-ijro-auksion elektron savdo maydonchasida ob’ektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.

"EDEL VEYS-ALI" mas’uliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan “Radio Grand” radiosiga tegishliligi aytiladi, deya ta’kidlangan ma’lumotda.

Mazkur radio auksionga qo‘yilganiga qaramay, hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Auksion joriy yilning 8 may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

"EDEL VEYS-ALI" mas’uliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 0
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 23
  • So'nggi yangiliklar
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Bo‘limlar