“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasiga qiziqish bildirmoqda

24 apr, 23:23 3 587 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Singapurning korrupsiyaga qarshi kurash tajribasiga qiziqish bildirmoqda 24 aprel kuni O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Singapur adliya va sog‘liqni saqlash vazirliklari katta davlat vaziri Edvin Tong bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

Uchrashuv «Toshkent huquq bahori» («Tashkent Law Spring») Xalqaro yuridik forumi doirasida amalga oshirilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Edvin Tong samimiy va iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston bilan hamkorlik Singapur uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini, hamda ular barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Ruslanbek Davletov hozirda O‘zbekistonda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bu esa islohotlar bahori davri bo‘lganligi uchun Xalqaro yuridik forumini ham «Toshkent huquq bahori» deb nomlanishiga sabab bo‘lganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasining 2018 yilda Singapur davlatiga amalga oshirgan ishchi tashrifi natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi aytib o‘tildi.

Xususan O‘zbekiston uchun Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha organlarning ish uslubini o‘rganish katta qiziqish uyg‘otishi bildirib o‘tildi.

R.Davletov, XXI asrda muyyan sohalarda yangilik ixtiro qilish shart emasligini, chunki ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, tajriba almashish orqali tegishli sohalar faoliyatni takomillashtirish muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek taraflar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha, davlat boshqaruvi va davlat xizmati sohasini isloh qilish bo‘yicha horijiy tajribani o‘rganish, normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, davlat organlari faoliyati samarasi tahlili masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 35
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 194
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 262
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar