“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

Qo‘shrabotda YPX xodimining mashinasi YTHga uchradi (foto)

23 apr, 22:30 7 651 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘shrabotda YPX xodimining mashinasi YTHga uchradi (foto) Foto: «Daryo»
21 aprel kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Nexia va Lacetti mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu avariya haqida «Daryo»ga xabar yuborgan mushtariy YTHni tuman IIB YHXB boshlig‘i o‘ziga tegishli Nexia mashinasida svetoforda turgan Lacetti mashinasini orqa tomondan kelib urgani haqida ma’lum qildi.

Tuman Tergov bo‘limi boshlig‘i Zokir Ochilovning ma’lum qilishicha, YTHga tuman YHXB boshlig‘ining aloqasi yo‘q. Nexia mashinasi tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori leytenant Jamshid Mamitovga tegishli bo‘lgan.

Zokir Ochilov bergan ma’lumotga ko‘ra, 21 aprel kuni soat taxminan ertalabki 06:10 atrofida Qo‘shrabot tuman IIB navbatchilik qismiga tumanning Qo‘rolos mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Yu.M. telefon orqali murojaat qilgan. Yu.M. o‘z murojaatida Lacetti rusumli avtomashinasida tuman markazida joylashgan avtoshohbekat yonida joylashgan svetoforda to‘xtab turgan vaqtda orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasi uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga urilganligini ma’lum qilgan.

Foto: «Daryo»
Holat yuzasidan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borgan tuman tezkor tergov guruhi sodir bo‘lgan avtohalokatga aniqlik kiritgan. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 05:30 atroflarida tuman markazidan o‘tuvchi «Marjonbuloq-Zarmitan-Qo‘shrabot» 4r-43 avtomobil yo‘lining 108 kilometrida haydovchi J.A. boshqaruvida bo‘lgan, Qo‘shrabot tumani IIB YHXG katta inspektori leytenant Jamshid Mamitovga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinani Zarmitan yo‘nalishida boshqarib kelgan. J.A. boshqaruvni yo‘qotishi natijasida chorrahada to‘xtab turgan Lacetti avtomobiliga orqa tomonidan kelib urgan. Avtohalokatda hech bir shaxsga tan jarohatlari yetkazilmaganligi sababli haydovchilar o‘zaro kelishgan holda voqea joyidan avtomashinalarni olib ketganligi aniqlangan.

Foto: «Daryo»
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida «Nexia» avtomashina boshqarib kelgan haydovchi 1988 yilda tug‘ilgan J.A.ning so‘zlariga ko‘ra, tuman IIB YHXG boshlig‘i Jamshid Mamitov 21 aprel kuni soat 05:30 atrofida uning uyiga kelgan. Inspektor tuman hududidan o‘tgan «Mitan–Qo‘shrabot–Nurota» yo‘lning 33-kilometridan o‘tgan soyda sel oqimi kuchli bo‘lgani, o‘sha yerda transport vositalarining harakat xavfsizligini ta’minlash uchun borishi kerakligini aytgan. Jamshid Mamitov juda charchagani uchun J.A.dan mashinani boshqarib borishda yordam so‘ragan. J.A. rozilik bergan. J.A. kuchli yog‘ingarchilik natijasida rul boshqaruvini yo‘qotib svetoforda to‘xtab turgan Lacetti avtomashinasining orqa tomonidan borib urib yuborgan. YTH sodir bo‘lgan vaqtda tuman IIB YHXG boshlig‘i Jamshid Mamitov yo‘lovchi sifatida ketayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

J.A.ning so‘zlariga ko‘ra, Lacetti haydovchisi Yu.M. unga tanish bo‘lgan. J.A. Lacetti mashinasini ta’mirlab berishni o‘z bo‘yniga olgan va Yu.M. bilan kelishib olgan. Shu sababli Jamshid Mamitov ushbu holatni hujjatlashtirmagan.

Foto: «Daryo»
Yu.M. ham J.A.ning so‘zlarini tasdiqlab, J.A. mashinani ta’mirlashga so‘z berganidan so‘ng kelishuvga rozi bo‘lib, avtomobilini ustaxonaga olib borganini ma’lum qilgan. Hech kim jarohat olmagani, J.A. yetkazilgan zararni qoplab bergani uchun Yu.M. tergovda va sudda J.A.ga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan. Ammo Yu.M. nima uchun J.A. bilan tezda kelishib olgan bo‘lsa, YTH sodir bo‘lganidan 40 daqiqa o‘tib Qo‘shrabot tuman IIB navbatchilik qismiga murojaat qilganiga oydinlik kiritmagan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 94
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 51
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 140
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar