“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:39
ЎЗO‘Z

O‘qituvchilarga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi

23 apr, 16:08 5 057 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘qituvchilarga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi Umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari belgilandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Soatbay haq to‘lashning yangi tariflari 2019 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorga ko‘ra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasi hamda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi logopedi, logopediya shoxobchasi mudirlariga malaka toifasiga ko‘ra soatbay o‘tilgan darslari uchun bazaviy lavozim maoshining 1,20 foizi miqdorida haq to‘lanadi.

Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan.Shuningdek, umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq to‘lashda kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.

Bildirilishicha, avvallari soatbay haq to‘lash miqdori aniq miqdori ko‘rsatib kelingan va ularning miqdorini o‘zgartirish uchun har gal alohida hujjat qabul qilingan.

Yangi soatbay haq to‘lash miqdorlari foizda belgilandi. Bu o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshi oshganda, soatbay haq to‘lash miqdorlarining ham oshishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar