“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Endi besh yilgacha ish stajini sotib olish imkoni berilishi mumkin

18 apr, 19:56 5 001 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi besh yilgacha ish stajini sotib olish imkoni berilishi mumkin O‘zbekistonda ish stajini sotib olish imkoni taqdim etilishi kutilmoqda, cheklov muddati - 5 yilgacha. Kun.uz nashri 18 aprel kuni “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” xalqaro darajadagi konferensiyasi doirasida Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunovdan yangi Konsepsiya bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

“Yangi Konsepsiyada shunday taklif bildirilganki, unga ko‘ra, 5 yilgacha bo‘lgan ish stajini sotib olish imkoni bo‘ladi. Masalan, bizda hozir talab qilinadigan ish staji ayollar uchun – 20 yil, erkaklar uchun – 25 yil. Aytaylik, qaysidir sabablarga ko‘ra, ish staji erkaklarda 22 yoki 23 yil bo‘lishi mumkin, bu esa to‘liq pensiya olish imkoni yo‘q degani. Bunday holatlarda yetishmaydigan 2 yoki 3 yil ish stajini ma’lum bir miqdordagi Pensiya jamg‘armasiga badalni to‘lab, sotib olish imkoniyatini ham berish ko‘zda tutilgan. Shunda fuqaro to‘liq pensiya olish imkoniga ega bo‘ladi”, - deydi Yorqin Tursunov.

Yangi Konsepsiyaga ko‘ra, ayollar farzand tarbiyasi bilan band bo‘lgan davrda ham ish stajiga ega bo‘lishi mumkin: agar ayol kishi farzand parvarishi bilan band bo‘lib, ishlashga imkoniyati bo‘lmasa, uning turmush o‘rtog‘i pensiya jamg‘armasiga ma’lum bir miqdordagi badalni to‘lab borib, ayoli uchun ham ish stajini hisoblatishi mumkin.

Yana bir imkoniyatlardan biri ayollar uchun muhim - ularning staji 20 yildan oshgandan keyin har yili uchun yana 1 foizdan qo‘shib beriladi.

Ta’kidlash joizki, 18-20 aprel kunlari Toshkentda Xalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan birinchi shunday tadbir hisoblanadi. Unda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston mamlakatlarining pensiya va ijtimoiy fondlari rahbarlari ishtirok etishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar