“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:11
ЎЗO‘Z

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qoidalarida qanday o‘zgarish yuz bermoqda?

18 apr, 17:50 3 314 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qoidalarida qanday o‘zgarish yuz bermoqda? Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risida Nizomda:

a) 2-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.”;

b) 51-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Terrorizmga, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy ta’lim muassasalariga dastlabki va kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.”.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomda:

a) 2-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish uchun uch foizli kvota ajratiladi.”;

b) 12-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi qo‘shiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar.”;

o‘n oltinchi – yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha o‘n yettinchi – yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

v) 7-bob nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“7-BOB. Imtiyozga ega abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish”;

g) 23-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Terrorizmga, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida o‘rnatilgan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.”;

oltinchi – yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi – sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

d) 25-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar qo‘shiladi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlarini uch foizli ajratilgan kvotalar doirasida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlarida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi bilan bir qatorda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi bo‘yicha harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasi ham mavjud bo‘lsa, ularni tanlov asosida qabul qilish qo‘mondonlik tavsiyanomasida belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.”;

uchinchi – beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi – yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomda:

a) 3-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga IIV akademik litseylariga kirish uchun o‘quvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.”;

b) 17-bandga:
quyidagi mazmundagi “v” kichik band qo‘shiladi:

“v) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi.”;

v) 39-bandga:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Terrorizmga, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida.”;

to‘rtinchi xatboshi tegishlicha beshinchi xatboshi deb hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizomda:

a) 2-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.”;

b) 49-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Terrorizmga, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Akademiyaga qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.”.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida Nizomda:

a) 2-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga davlat granti asosida Universitetning umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari Universitet bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish uchun uch foizli kvota ajratiladi.”;

b) 11-bandga:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shiladi:
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar.”;

v) 2-bobda:
quyidagi mazmundagi 46-1 va 46-2-bandlar qo‘shiladi:
“46-1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlarini uch foizli ajratilgan kvotalar doirasida Universitetga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlarida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi bilan bir qatorda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi bo‘yicha harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasi ham mavjud bo‘lsa, ularni tanlov asosida qabul qilish qo‘mondonlik tavsiyanomasida belgilangan qo‘shimcha ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.”;

“46-2. Terrorizmga, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida o‘rnatilgan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar