“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:40
ЎЗO‘Z

Shayxontohur tumani soliq «korrupsion o‘chog‘i» qanday paydo bo‘lgandi?

16 apr, 23:09 3 110 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shayxontohur tumani soliq «korrupsion o‘chog‘i» qanday paydo bo‘lgandi? Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda noodatiy holatlar aniqlangan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, «A» MChJ QK va «B» MChJ (korxona nomlari tahririyatga ma’lum) o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasiga asosan, «B» MChJ tomonidan «A» MChJ QKdan sotib olingan jami 1.1 mlrd. so‘mlik mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalar jamlanmasi uchun 321.6 mln. so‘mlik mablag‘lar to‘lab berilgan.

«B» MChJning «A» MChJ QK oldida qolgan 848.3 mln. so‘mlik lizing hamda byudjet oldida 59.4 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi mavjud bo‘lsada, Shayxontohur tumani Davlat soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, «B» MChJning go‘yoki soliq va boshqa qarzdorligi mavjud emasligini tasdiqlovchi taqdimnomani Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritishgan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Buning natijasida sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra «B» MChJ tugatilib, «A» MChJ QKning manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan Shayxontohur tumani DSI mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 125
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 147
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 268
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar