“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:00
ЎЗO‘Z

Hukumat qarori: O‘zbekiston qator yer maydonlari yer solig‘idan ozod etildi

12 apr, 13:03 3 868 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hukumat qarori: O‘zbekiston qator yer maydonlari yer solig‘idan ozod etildi Yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori (297-son, 11.04.2019) qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida 88 ming 123 gektar qamishzor maydoni bo‘lib, 475 ming 864 tonna qamish yetishtiriladi.

Qarorga muvofiq, mazkur hududlardagi kichik sanoat zonalarida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etiladi.

Bunda qamishlarning o‘rib olinishi natijasida atrof-muhitga, hayvonot olamiga, ko‘chib yuruvchi qushlarga zarar yetkazmaydigan tarzdagi sanoat usulida foydalanilishi mumkin bo‘lgan qamishzorlar maydonlari reyestri shakllantiriladi.

Mazkur qamishzorlar reyestri asosida yog‘och qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun investorlar jalb etiladi.

Qarorga ko‘ra respublikada 2019 yilda 60 ming kub.m, 2020 yilda 190 ming kub.m hamda 2021 yilda 330 ming kub.m yog‘och qirindili plitalar (DSP) va ularning muqobil turlari ishlab chiqariladi.

2022 yil 1 yanvargacha yog‘och qirindili plitalar va uning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar olib kiradigan xom ashyo, asbob-uskunalar, ularning butlovchi hamda ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Viloyat hokimlariga tadbirkorlarga terak va pavloniya ekish uchun ball boniteti past yerlarni ajratish vazifasi yuklandi.

Yog‘ochbop daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etgan tadbirkorlar 2022 yil 1 yanvargacha terak, pavlovniya va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlar ekilgan yer maydonlari uchun yer solig‘i to‘lamaydi.

Qonunchilikka muvofiq, yog‘och-payraxa plitalar va yog‘ochdan yasalgan shunga o‘xshash plitalar yoki qatron yoki boshqa organik bog‘lovchi moddalar shimdirilgan yoki shimdirilmagan boshqa yog‘ochsimon materiallarni olib kiruvchi yuridik shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan edi. 2019 yil 1 maydan mazkur imtiyoz bekor qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar