“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi maktablarda yangi tizim joriy etiladi

10 apr, 18:55 4 181 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi maktablarda yangi tizim joriy etiladi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida "KUNDALIK" ta’lim platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi. Besh kun davom etgan seminarda ishtirokchilarga elektron jurnalni to‘ldirish, unga uy vazifalari va dars rejalari hamda e’lonlarni kiritish, o‘quvchilarni baholash hamda tizimni boshqarish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

O‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng ishtirokchilar "KUNDALIK"ni amaliyotda sinab ko‘rib, platformani ishlab chiqaruvchilariga o‘z fikrlarini bildirishdi. Kelgusi o‘quv yilidan O‘zbekistondagi barcha maktablarda mazkur tizimni joriy etish borasidagi pedagoglar taklifi mutaxassislar tomonidan inobatga olindi.

2018 yilning oktyabr oyida Xalq ta’limi vazirligi hamda "KUNDALIK" kompaniyasi maktabda elektron jurnal va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Mazkur tashabbus ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni o‘rganish natijasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ma’qullangan. Endilikda “KUNDALIK” kompaniyasi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan holda mazkur tizimni joriy etish, faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish ishlarini olib boradi.

Tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarini rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.

“KUNDALIK” tizimi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish imkonini beradi. Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resurslardan foydalanishlari mumkin.

- Bugungi kunda O‘zbekiston maktablarida elektron jurnalni joriy etish bo‘yicha “KUNDALIK” loyihasini amalga oshiryapmiz. Tizim bilan ishlash uchun internetga ulangan kompyuter kifoya. Bundan tashqari, o‘qituvchilar mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan versiyasidan ham foydalanishlari mumkin, - deydi kompaniya vakili Yuriy Boyko.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar