“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:12
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «Ularni «qo‘lidan yetaklab» natijani ta’minlash kerak»

08 apr, 23:00 3 483 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «Ularni «qo‘lidan yetaklab» natijani ta’minlash kerak» Foto: Prezidentning matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 aprel kuni joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish, birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Keyingi yillarda vazirlar va tarmoqlar rahbarlari hududlarga yuborilib, joylarda yangi korxonalar va doimiy ish o‘rinlari tashkil etishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalari ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab imtiyoz va yengilliklar joriy etildi.

Xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari, jahonning yetakchi ishbilarmonlari bilan muzokaralar o‘tkazilib, mamlakatimizga o‘nlab milliard dollar investitsiya jalb etish bo‘yicha 700 ga yaqin investitsiya bitimlari imzolandi.

Bunday chora-tadbirlar natijasi o‘sish sur’atlarida ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, o‘tgan yili asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 18 foizdan ziyod o‘sgan. Bu, o‘z navbatida, sanoat ishlab chiqarishining 14,4 foizga ko‘payishini ta’minlagan.

Muhim sifat o‘zgarishi shundaki, ilgari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida hududiy loyihalar deyarli bo‘lmagan bo‘lsa, joriy yilda o‘zlashtiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning yarmi hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2019 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq jami 3 ming 200 dan ziyod investitsiya loyihasi doirasida qariyb 14 milliard dollar miqdoridagi kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 4 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan.

Yig‘ilishda mazkur investitsiya loyihalari tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil qilinib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Muddatidan kechikayotgan loyihalarning muammoli jihatlari muhokama qilindi.

Birinchi chorakda belgilangan mablag‘lar o‘zlashtirilgan bo‘lsa-da, ayrim tarmoqlar va hududlarda ishlar qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zavtosanoat», «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatlari, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi rahbarlari, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ogohlantirildi.

Davlatimiz rahbari investitsiyalarning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun yangi nazorat tizimini joriy etishni taklif qildi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha loyihalar to‘rtta ro‘yxatga bo‘linib, alohida va izchil nazorat qilib boriladi.

Birinchi ro‘yxatga joriy yilda 3,6 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan 27 ta eng muhim strategik loyihalar kiritiladi va u Prezidentning doimiy nazorati ostida bo‘ladi.

Ikkinchi ro‘yxat shu yili 1,3 milliard dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladigan 65 ta yirik loyihadan iborat bo‘lib, uni Bosh vazir nazorat qilib boradi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari nazorat qiladigan uchinchi ro‘yxatga 407 million dollar xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan 65 ta loyiha kiritiladi.
To‘rtinchi ro‘yxatdagi loyihalarni hududlarga biriktirilgan markaziy idoralar rahbarlari va hokimlar nazorat qiladi.
Investitsiyaviy loyihalar ijrosi doimiy ravishda muhokama qilinib, muammolar tezkorlik bilan hal etib boriladi.

Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish borasida imkoniyatlar to‘liq ishga solinmaganiga e’tibor qaratib, tarmoqlar va hududlarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tarmoq vazirliklari bilan birgalikda neft-gaz, kimyo, energetika, qurilish materiallari, mashinasozlik, elektr texnikasi sohalarida, shuningdek, hududlardagi mavjud salohiyat va resurslaridan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Shakllantirilgan ushbu takliflar asosida mamlakatimizning elchixonalari bilan birgalikda yurtimiz va xorijda biznes-forumlar tashkil qilish, mahalliy investorlarning maqsadli taqdimotlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

– O‘zbekiston bilan ishlash istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, loyihaning boshidan oxirigacha ularga yordam berish, oddiy qilib aytganda, ularni «qo‘lidan yetaklab» natijani ta’minlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar