AQSH davlat departamenti oʻtgan yillarda qancha hamyurtimiz Grin kard lotereyasiga murojaat qilganini maʼlum qildi. Unga koʻra Grin kard lotereyasiga murojaat qilgan oʻzbekistonliklar 2017 yilda 1 million 576 ming kishini va 2018 yilda esa 2 million 114,5 ming kishini tashkil etgan.