“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 10:53
ЎЗO‘Z

Qoʻshiqchini pulga koʻmish muxlisning “katta orzusi”mi? (video)

02 apr, 15:38 4 087 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qoʻshiqchini pulga koʻmish muxlisning “katta orzusi”mi? (video) Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisida senatorlar toʻylar boʻyicha bir qarorga kelgandi. Unga koʻra, toʻy-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishga muayyan meʼyoriy hujjat bilan emas, odamlar oʻrtasida keng koʻlamli targʻibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekani qayd etilgandi.

Ushbu qaror eʼlon qilinganiga koʻp boʻlmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi toʻylardan birida pul sochgan yigit mashhur boʻldi.

Pul sochish lavhalarida yaqqol koʻzga tashlangan sanʼatkor Ogʻabek Sobirov yana bir bor toʻy dabdabasi “qahramoni”ga aylandi. Gap shundaki, uning oʻzi Instagram ijtimoiy tarmogʻiga joylagan videoda oʻtirib kuy-qoʻshiq ijro etayotgani, boʻynida xorijiy valyutadan yasalgan “pulchambar” ilib qoʻyilgani aks etgan.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Xonandaning yozishicha, muxlisining katta orzusi mana shu yoʻsinda roʻyobga chiqdi.

Darvoqe, Sobirov videoni tarmoqdan olib tashlashga ulgurdi, ammo jamiyatning toʻy-hashamga nisbatan munosabati haligacha oʻzgarmagani kichik lavha orqali ham yaqqol namoyon boʻldi.

Kimnidir “aybdor”ga chiqarib, tanbeh berishdan yiroqmiz. Ming qilsa ham erkin fuqarolik jamiyatini qurib, oʻzbekcha demokratiya modelini ilgari suryapmiz. Shunga qaramay, maqsadsiz, dabdabaga berilgan kishilar bilan jamiyat koʻzlagan uzoqdagi marraga yetib borishi ham qiyin. Isrofgarchilikka qarsak chalgan xalq esa inʼom etilgan neʼmatlarning qadriga yetmaydi.

Manba: Kun.uz
Ogʻabek Sobirov, toʻy-hasham




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 44
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 55
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 55
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 136
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 280
  • Bo‘limlar