“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:11
ЎЗO‘Z

Shohida Uzoqova teatr direktorining kirdikorlari haqida ochiq-oydin gapirdi

02 apr, 18:43 6 663 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shohida Uzoqova teatr direktorining kirdikorlari haqida ochiq-oydin gapirdi Mirtohir Mirgʻulomovning “Ochiq suhbat” loyihasi bu galgi mehmoni el suygan sanʼatkor Shohida Uzoqova boʻldi. U intervyusi davomida juda oʻzi ishlab yurgan paytdagi teatr muhiti haqida ayrim haqiqatlarni ochiq aytib oʻtgan. Jumladan jurnalistning “Shohida Uzoqova teatrdan janjallar tufayli ketgan. Kim bilandir chiqisholmagan, degan versiyalar bor” degan savoliga Shohida Uzoqova quyidagicha javob qilgan.

– Xullas ishdan boʻshashim shunaqa boʻldiki, bizda… hozir u direktorimiz oʻzgargan. Ular direktorlik paytida bitta men emas, mendan oldin bizlarning ustozimiz, xalqimiz sevgan suyukli sanʼatkorimiz, dublyaj qiroli, Oʻzbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, ular ham teatrdan ketishga majbur boʻldilar. Buyam bir direktorimizning ayblari yoki turtkilari sababmi shunday boʻldi. Chunki ular boʻshash haqida ariza yozib kirganlarida direktor “Qaysi kundan qoʻl qoʻyib beray”, degan. Kimsan Afzal Rafiqovga! Bizlar Afzal Rafiqovdan oʻrganishimiz kerak.

Teatrda ishlab yurgan talabalar oʻrganishi kerak edi ulardan. shunday insonga “Qaysi kundan qoʻl qoʻyib beray?” degan. “Siz nima uchun ketyapsiz? Nima boʻlyapti oʻzi?” degan savol berilmadi ularga. Bu boʻldi. Keyin, men gastrolga eng koʻp chiqadigan 10 ta odam boʻlsa, shulardan bittasi menman. Lekin shunday boʻldiki, ozroq sogʻligʻimni yoʻqotdim. Va men direktordan bir yilga javob soʻradim. Ular aytdiki, bir yillik taʼtil yoʻq, dedilar.

Oʻsha paytda jigar tobiga kelib qolgan, har uch kunda analiz topshirayotuvdim. Tushuntirib koʻrdim, tushunmadilar. Xullas kalom shu toʻgʻrida ozgina tortishdik, ikkalamiz. Keyin bir necha kundan soʻng hamkasblar birga sumalak qildik. Oʻsha yili qariyalar yili edi. Teatrimiz tomonidan keksalarga gul berildi. Lekin shu yerda ikkita yoshi katta sanʼatkorimizga gul berilmadi. Chunki ular direktor bilan biroz tortishib qolgan edi. Bu ham mening yurak torlarimni uzib yuborgandek boʻldi. Qattiq taʼsir qildi.

Oxiri men taʼtilga chiqadigan kunim ham keldi. U esa menga gastrolga borasan, dedi. Men ilojim yoʻqligini aytdim. Xullas shu tariqa men arizamni yozib, kotibaga tashlab ketdim. Ishonasizmi, bir minutda buyruq chiqarib qoʻyibdi. Boʻshashim haqida…

Manba: Hordiq.uz
Shohida Uzoqova, direktor, kirdikorlari




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar