“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:05
ЎЗO‘Z

Buxoroda Turkiya universiteti filiali va klinikasi ochiladi

02 apr, 07:13 3 894 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda Turkiya universiteti filiali va klinikasi ochiladi Mamlakatga Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti rektori, professor Jevdet Erdol boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 1903 yilda tashkil etilgan mazkur universitet Turkiyadagi yagona ixtisoslashgan tibbiyot universiteti, shuningdek, Yevropaning yetakchi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Delegatsiyaning Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mamlakatning tibbiyot oliy oʻquv yurtlari rektorlari ishtirok etgan muloqotda tibbiy taʼlim sohasida aloqalarni yanada kengaytirish va rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlari hamda Turkiya Sogʻliq bilimlari universiteti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Jumladan, tomonlar bakalavr va magistrantlarning akademik almashinuvini tashkil etish, professor-oʻqituvchilar va doktorantlar uchun malaka oshirish, turk universitetining filiali bazasidagi shifoxonalarda yozgi amaliyot oʻtash va qoʻshma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida qator kelishuvlarga erishdi.

Bundan tashqari, 2019/2020 oʻquv yilida Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida Turkiya Sogʻliq bilimlari universiteti qoshidagi Oliy tibbiyot maktabining filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti hududida mazkur tibbiyot universitetining klinikasi ham ochiladi.

Taʼkidlash joizki, ikki tibbiyot oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlik oʻtgan yildan buyon izchil rivojlanmoqda. Talabalar va oʻqituvchilarning ilmiy almashinuvi borasida faol ish olib borilayotir. Hozirga kelib, ana shu hamkorlik samarasi oʻlaroq Buxoro davlat tibbiyot institutining 40 nafardan ziyod professor-oʻqituvchi va talabalari Turkiyada taʼlim oldi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar