“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 14:25
ЎЗO‘Z

Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro uyiga qaytarildi

01 apr, 12:02 3 641 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro uyiga qaytarildi Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻistonda qullikka tushib qolgan oʻzbekistonlik fuqaro haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.

Oʻzbekistonning Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpoʻlatov 2019 yilning 25 mart kuni diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, hisobga qoʻyib berish bahonasida olib qoʻyilgan va qaytarib berilmagan oʻzining milliy pasportini qaytarib olishida yordam koʻrsatishni soʻragan.

Tashqi ishlar vazirligi axborotiga koʻra, 30 mart kuni unga Vatanga qaytish guvohnomasi berilgan. Shu bilan birga u pasportining qonunga xilof tarzda olib qoʻyilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda koʻrib chiqiladi.

Shu va shunga oʻxshash boshqa holatlatdan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi vatandoshlarga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay Oʻzbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatib oʻtgan.

TIV avvalroq, Xitoyda mahalliy yigitga turmushga chiqib, ogʻir ahvolda qolgan hamyurtimiz ortga qaytarilganini maʼlum qilgan edi.

Manba: Xabar.uz
Qozogʻiston, qullikka, fuqaro

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • So'nggi yangiliklar

  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • Bo‘limlar