“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:32
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi yana bir jomeʼ masjidi qaytadan qurildi (foto)

31 mar, 20:57 5 752 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi yana bir jomeʼ masjidi qaytadan qurildi (foto) Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan “Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja” jomeʼ masjidida qayta taʼmirlash ishlari oʻz nihoyasiga yetgani munosabati bilan 30 mart kuni binoning ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohimjon Inomov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi masjidlar boʻlimi mudiri Muhammadnazar Qayumov, tuman bosh imom-xatiblari hamda koʻplab mahalliy aholi vakillari qatnashdi.

“Tadbir Qurʼon tilovati va xayrli duolar bilan boshlanib, tashrif buyurganlarga ehson dasturxoni yozildi”, — deyiladi Azon.uz xabarida.

Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan “Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja” jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. Sobiq ittifoq davrida masjid deyarli faoliyat yuritmagan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida istiqomat qilgan Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja hojining xayrli tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yoʻli bilan qayta tiklanib, taʼmirlangan. 1997 yilda masjidga “Valixoʻja oʻgʻli Norxoʻja” jome masjidi nomi berilgan. 1999 yildan jome masjid sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan.

2017 yilning dekabrida mazkur masjidni yangidan qurish ishlari boshlangandi.

Manba: Kun.uz
Toshkent, jomeʼ masjidi, taʼmirlash




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar