“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev zamonaviy yigiruv korxonasini koʻzdan kechirdi (foto)

29 mar, 16:44 4 371 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev zamonaviy yigiruv korxonasini koʻzdan kechirdi (foto) Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻijduvon tumanidagi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ip yigiruv va toʻquv korxonasini borib koʻrdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qishloq xoʻjaligini diversifakatsiya qilish, xomashyoni yurtimizda qayta ishlashni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida ushbu korxona qurilishiga zarur sharoit yaratildi. Germaniya, Turkiya, Shveysariya va Yaponiyadan zamonaviy texnologiyalar olib kelib oʻrnatildi. Joriy yil yanvarda ishga tushirilib, 350 ta ish oʻrni yaratildi. Korxona yiliga 9400 tonna mahsulot ishlab chiqarish, 5 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega.

Bu loyihaning birinchi bosqichi boʻlib, ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish quvvati yanada kengaytirilishi, eksport yiliga 51 million dollarga, ish oʻrinlari 1 ming 250 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi.

Shu yerda Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda sanoat sohasida amalga oshiriladigan, shuningdek, mamlakatimizning Xitoy, Indoneziya va Isroildagi elchixonalari tomonidan taklif etilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Ularga muvofiq, viloyatda paxta, meva-sabzavot, teri, jun va kimyo mahsulotlarini qayta ishlash hajmini koʻpaytirish, sanoat salohiyatini 3 barobar oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Infratuzilmani rivojlantirish, yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi tarmoqlari barpo etish loyihalari ishlab chiqilgan.

Prezidentimiz har bir loyihaning moliyaviy, tashkiliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratib, ular yuzasidan mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.






Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 242
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 110
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 138
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 413
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 109
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining ahvoli haqida ma’lumot berildi 20 мая, 06:00 0
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 158
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 38
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 37
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 34
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 181
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 120
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 57
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 54
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 29
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 429
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 106
  • Bo‘limlar