“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:58
ЎЗO‘Z

Nahotki? Metan gaz narxi arzonlashadi(mi?)

26 mar, 08:43 6 985 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nahotki? Metan gaz narxi arzonlashadi(mi?) Bugun transport vositalari shu qadar koʻpayib ketdiki, goʻyo koʻchalarimiz tor boʻlib qolgandek. Shunga yarasha avtomobil haydovchilarining yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. Shu kunlarda avtomobil egalari bilan suhbatlashib qolgudek boʻlsangiz, ularning dardi tugamaydi. Radar mashmashasi bir yoqda, siqilgan gaz narxi boshqa tarafda ularni oʻylantirmoqda.

Aslida siqilgan metan gaz narxining bir necha oydan buyon tushmayotgani, birdan oshib ketishi koʻpchilikda turli savollar keltirib chiqarmoqda. OʻzA nashri ushbu masalani batafsil hisob-kitob qilib chiqdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻztransgaz realizatsiya qiladigan tabiiy gazning ulgurji-sotish narxi 1 kubometr uchun 289,74 soʻm, unga qoʻshiladigan maxsus investitsiya ustama haqi 1 kubometr uchun 500 soʻm. Shunday qilib, tabiiy gaz tarifi 1 kubometr uchun 789,74 soʻmni tashkil qiladi. Biroq, oʻtgan yilning noyabr oyidan avtomobil gaz toʻldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz tarifi 1 kubometr uchun 800 soʻm (QQS bilan) miqdorida oʻrnatildi. Bundan tashqari, tadbirkor har bir kubometr hisobidan isteʼmol soligʻi (2018 yil 1 noyabr holatiga koʻra 305 soʻm), umumiy realizatsiyadan 5 foiz miqdorida toʻlovni amalga oshiradi. Shunday qilib, stansiyalarda tabiiy gaz tarifi oʻsishi 1 kubometr uchun 10,26 soʻmni tashkil qildi. Shu bilan birga, oʻrnatilgan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi oʻzgarmadi va avvalgi darajada saqlanib qolindi.

Ochigʻini aytganda yoqilgʻi siyosatidagi narx oʻzgarishi oʻz-oʻzidan yuz bergani yoʻq. Unga asos qilib, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida gi qarori koʻrsatilmoqda.

Lekin, koʻrib turibmiz, shoxobchalarning xarid narxlari juda oshib ketgani yoʻq. Agar yuqoridagi soʻmlarga xodimlar maoshi, elektroenergiya, amortizatsiya xarajatlarini qoʻshib hisoblagan taqdirda ham sotuvdagi bir kubometr gazning tannarxi taxminan 1 400 soʻmga tushmoqda. Agarda avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari bir oyda 1 million kubometrga yaqin tabiiy gaz sotsa, tadbirkor bir kubometr gazdan oʻrtacha qancha foyda koʻrishini biz hisoblamaganimiz maʼqul, nazarimda. Ular ulgurji narx ustiga oʻzlarining sarf-xarajatlarini hisoblab, erkin narx qoʻyishi mumkin. Bunga ruxsat berilgan.

Nahot, davlat bergan qator imkoniyatlardan foydalanayotgan tadbirkorlar vijdonni unutgan boʻlsa? Vaziyat oʻzgaradimi? Buni oʻrganishga harakat qilamiz.

Har bir tashkilot har oyda oldindan qancha gaz yoki elektr energiyasi sarflashini hisob-kitob qilib buyurtma beradi, shunga koʻra ularga limit ajratiladi, deydi Moliya vazirligi mutaxassisi Salohiddin Mamadaliyev. Tadbirkor ana shu resursga oldindan toʻlov qiladi. Agarda bu miqdor yetmasa qoʻshimcha olingan mahsulot uchun ikki barobar narx toʻlanadi. Yaʼni, 800 soʻmni ikkiga koʻpaytirsak, 1 600 soʻm boʻladi. Bunda maxsus investitsion ustama bekor qilinib, tabiiy gazni sotish narxiga kiritildi.

Shu oʻrinda chalkashlikni topganday boʻldik. Vaholanki, ulgurji narx oʻrtasidagi farq bor-yoʻgʻi 11 soʻm boʻlsa-da limitdan tashqari sotuv uchun gazga 1 600 soʻm toʻlov belgilangan ekan. Shunda limiti tugagan shoxobchada sotuvdagi bir kubometr gazning tannarxi qariyb 2 200 soʻmga tushmoqda.

Xoʻp, bu ham toʻgʻri boʻlsin. Lekin tadbirkor bir oyning 28 kunida suyultirilgan gazni arzon narxda olib, qolgan ikki yoki uch kun uchun limitdan ortiq narxda xarid qilsa, ikki kunlik zararni qoplash uchun narxni 2 200 soʻmga chiqarib qoʻyishi insofdanmi?

Tadbirkor hisobotida ishlatadigan resursni oʻrtacha narxini keltirib chiqarish kerak, deydi Moliya vazirligi mutaxassisi Salohiddin Mamadaliyev. Biz olib borgan oʻrganishlar natijasida qoʻshimcha limit asosiy mahsulotning oʻrtacha 10 foizini tashkil etdi. Bu juda katta koʻrsatkich emas. Lekin baʼzi shoxobchalarda farq 30 foiz boʻlishi ham mumkin. Boshqasida koʻzda tutilgan mahsulot ortib ham qolishi mumkin. Shuning uchun shoxobchalarda narxlar har xil.

Moliya vazirligi yoki boshqa bir tashkilot oʻzboshimchalik bilan narxni oshirgan tadbirkorga chora koʻra oladimi? Ayni vaqtda hammani qiziqtirayotgan bu savolga mutaxassis shunday javob berdi. Yoʻq. Hozirda amaldagi qonun nuqtai nazaridan buni imkoni yoʻq. Biz faqat shikoyatlar koʻp boʻlsa, masalani koʻrib chiqishimiz va narxni tartibga solish borasida taklif berishimiz mumkin. Lekin narxni belgilab berishga haqqimiz yoʻq .

Erkin faoliyat yuritayotgan tadbirkorda mahsulot yoki xizmati uchun oʻzi istagan bahoni qoʻyish huquqi mavjud boʻlsa, aholining metan gaz narx-navosidan noroziligi qanday bartaraf etiladi?

Albatta, biz oltin oʻrtalikni topishga harakat qilamiz, deydi S.Mamadaliyev. Limitdan ortigʻi uchun 2 koeffitsientda emas, balki, 1,5 koeffitsient bilan toʻlov qilishga harakat boshladik. Shunda limitdan ortiqcha kubometrlar uchun 1 600 soʻm emas, 1 120 soʻm hisoblanadi. Agar limit doirasida bir kubometr tabiiy gaz 1 079 soʻm boʻlsa, endi undagi farq 40 soʻm boʻladi. Ana shunda narx pastlashi mumkin. Agarda ushbu saʼy-harakatlardan keyin ham oʻzboshimchalik bilan oshirilgan narxlar tushmasa, tegishli choralar koʻrilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar