“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:08
ЎЗO‘Z

Milliy gvardiyaning ayol harbiy xizmatchilari togʻ tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazdi

16 mar, 07:20 5 034 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliy gvardiyaning ayol harbiy xizmatchilari togʻ tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazdi Milliy gvardiya maxsus boʻlinmalarida xizmat qilayotgan bir guruh ayol harbiy xizmatchilar Chotqol togʻ tizmasining Chimyon togʻ bagʻirlarida oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmatiga tayanib Sof.uz maʼlum qildi.

Mashgʻulot qatnashchilari uch kun davomida havo harorati 4−6 daraja boʻlgan togʻ sharoitidagi ogʻir holatlarda bardoshlilik, aholiga tezkorlik bilan yordam berish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash koʻnikmalarini hamda jangovar harakatlarni bajarish tajribasini oshirishga qaratilgan vazifalarni bajardilar.

Ayol harbiy xizmatchilar dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan oʻquv mashgʻulot maydonchasida changʻi uchish va oʻq otish tayyorgarligi, qoyalar va tabiiy togʻ toʻsiqlaridan oʻtish mashqlari oʻtkazildi. Harbiy xizmatchilar bu kabi aniq va mukammal harakatlanishni talab etadigan vazifalarni bajarish chogʻida, duch kelish ehtimoli boʻlgan toʻsiqlarni bartaraf etishning bir qator usul va uslublarini amaliyotda sinab koʻrdilar.

Changʻi uchish mashqlari ayol harbiy xizmatchilarda uzoq masofalarga qisqa muddatda yetib borish koʻnikmasini shakllantirishga yordam bergan boʻlsa, qorli hududda oʻtkazilgan oʻq otish tayyorgarligi esa yaqin va uzoq masofalardan aniq nishonga olish koʻnikmasini mustahkamladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 35
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 52
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 62
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 58
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar