“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:29
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda “Yil odami” deb Dubay Amiri eʼlon qilindi

15 mar, 16:03 4 627 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda “Yil odami” deb Dubay Amiri eʼlon qilindi 15 mart — Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan bugun Toshkent shahridagi “City Palace” mehmonxonasida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Yil odami” mukofotining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

— Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba jamoat tashkiloti “Yil odami”ni eʼtirof etmoqda, bu esa mamlakatlar oʻrtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi, — dedi jamoatchilik komissiyasi hayʼat raisi A. Koʻchimov.

— Federatsiya hayʼati Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylarini xalqaro miqyosda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish borasidagi xizmatlari uchun 2018 yilning “Yil odami” sovrini bilan taqdirlashga qaror qildi.

Chunki 50 yillik davlat boshqaruvi tajribasiga ega, “Zamonaviy Dubay meʼmori” deya eʼtirof etilgan Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari 13 yildan beri Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. Olamshumul loyihalar amalga oshirilmoqdaki, bugun Dubay shahri har tomonlama rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Qisqa vaqt mobaynida mamlakat har tomonlama gullab-yashnadi, dunyodagi eng yirik moliya markazlari qatoriga qoʻshildi.

Shundan soʻng Dubay Amirining rasmiy vakiliga Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum hazrati oliylari mukofotlangan “Yil odami” nishoni va sertifikati topshirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar