“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:04
ЎЗO‘Z

Prokuratura xodimiga 10 ming dollar pora bergan shaxs ushlandi

12 mar, 15:01 4 982 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prokuratura xodimiga 10 ming dollar pora bergan shaxs ushlandi Paxtachi tuman prokuraturasi (Samarqand viloyati) tomonidan tuman IIB qoʻriqlash boʻlimi xodimiga faol qarshilik koʻrsatgan bir guruh shaxslarga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari oʻtkazish davomida, 08.03.2019 yilda fuqaro X.M. tuman prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish oʻrganuvchi D.B.ning xizmat xonasiga kelib, ayblanuvchilar uning qarindoshi ekanligini maʼlum qilib, ularga nisbatan ayblovni yengillashtirish evaziga 5 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, tergovchi lavozimida ish oʻrganuvchi D.B.ning bildirgisi asosida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. tuman hududida joylashgan “Kim-Ping” nomli restoranda 5 ming AQSH dollarini D.B.ga pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, 09.03.2019 yilda Namangan viloyat prokuraturasi katta tergovchisi Sh.J. viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, “MQ” MCHJ, “NQ” DUK va “SM” AJ mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha “WPS” MCHJ rahbari R.E. barcha jinoiy harakatlar uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishini maʼlum qilib, ishga aloqador boshqa shaxslarni javobgarlikka tortmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif qilganligini bildirgan.

Ushbu bildirgi asosida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 10.03.2019 yilda R.E. tergovchi Sh.J.ning xizmat xonasida unga 10 ming AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qayd etilishicha, oʻtgan 2018 yil davomida prokuratura organlarida kadrlar bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, ichki xavfsizlikni taʼminlash, xodimlar tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslikka alohida eʼtibor qaratilib, bu borada muayyan natijalarga erishildi.

2017 yilda prokuratura organlari tizimida xizmat qiluvchi xodimlarga 20 ta holatda 4 ming 200 AQSH dollari hamda 15 mln 424 ming soʻm miqdorida pora taklif qilingan boʻlsa, 2018 yilda 98 ta holat qayd etilgan boʻlib, jami 57 ming 500 AQSH dollari hamda 48 mln 885 ming soʻm miqdorida pora taklif qilingan.

Ushbu holatlar yuzasidan 2017 yilda prokuratura xodimlariga pora taklif qilgan 16 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari, 4 nafar shaxsga nisbatan esa maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar qoʻzgʻatilib, jazo muqarrarligi taʼminlangan.

2018 yilda mazkur holatlar yuzasidan 82 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari, 16 nafar shaxsga nisbatan esa maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar qoʻzgʻatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar