“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Birjada oltin va kumush quymalarini sotib olish mumkin

09 mar, 22:46 6 006 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birjada oltin va kumush quymalarini sotib olish mumkin “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Norma” xabar bermoqda.

Birjada qimmatbaho metallar ularni ishlab chiqaruvchilar yoki savdolarning boshqa ishtirokchilari tomonidan sotiladi. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar (yuridik shaxslar va YATT) xaridorlar boʻlishi mumkin. Ular savdolarda ishtirok etish uchun birjaga tegishli litsenziyani taqdim etishlari shart. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini taqdim etadilar.

Buyurtmanomadan hamda bozordagi talab va taklif konyukturasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan quyidagi oʻlchov ogʻirligidagi oʻlchov plastinalari, quymalarni ishlab chiqaradilar:

Yuzasida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi boʻlishi, sof qimmatbaho metall va ligatura massasi tarkibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Plastina va quymalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek tovar-xom ashyo birjasining talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Qimmatbaho metallar granulalari mahsulotning tarkibi va sifatini koʻrsatuvchi tegishli yozuvlar kiritilgan ogʻirligi oʻlchangan oʻramga oʻrab joylashtiriladi.

Birja savdolari har kuni, dushanbadan jumagacha, birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Birja savdolarida sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish mumkin emas.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 oktyabrdan qimmatbaho metallar tijorat banklari, MB va Qimmatbaho metallar agentligi ishtirokida zargarlarga sotilgan (batafsil qarang). Joriy yil boshida Hukumat yangi tartib – toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha ishlab chiqishni topshirdi (ishlab chiqish muddati – 2019 yil 1 aprelgacha, VMning10.01.2019 yildagi 16-son qaroriga qarang). Yuqorida koʻrsatilgan “birja” tartibi parallel ravishda yoki ular oʻrniga ishlash-ishlamasligi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin maʼlum boʻladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2019 yil 5 martdan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 44
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 55
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 55
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 0
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • Bo‘limlar