“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:38
ЎЗO‘Z

Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi belgilandi

07 mar, 09:56 3 674 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi belgilandi “Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Nizomga muvofiq, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxslarga statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda ularga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Shunga koʻra, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxs muassasa tibbiyot xodimlariga kameralarni har kungi koʻzdan kechirish vaqtida, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda esa, istalgan xodimga tibbiy yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsga zarur tibbiy yordam koʻrsatilishi shart.

Tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻshimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.

Shifokor shaxsga statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilishi lozimligi toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, u shaxsni davlat sogʻliqni saqlash muassasasining maxsus xonasiga joylashtirish choralarini koʻradi.

Maxsus xona nizomda koʻrsatilgan talablarga javob berishi va tegishli jihozlar, buyum va ashyolar bilan jihozlangan boʻlishi kerak

Shaxsni tibbiy koʻrikdan, shuningdek, diagnostika va davolash standartlari asosida instrumental va laborator tekshiruvlardan oʻtkazish hamda davlat sogʻliqni saqlash muassasasining maxsus xonasida tibbiy yordam koʻrsatish ichki ishlar organlari xodimlari nazorati ostida amalga oshirilishi shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar