“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:50
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: “Menga doʻst boʻlishni istasangiz maktabgacha taʼlimga eʼtibor bering”

06 mar, 16:04 4 689 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: “Menga doʻst boʻlishni istasangiz maktabgacha taʼlimga eʼtibor bering” Foto: Prezident matbuot xizmati
Namanganning chekka qishlogʻida qurib bitkazilgan bolalar bogʻchasidagi sharoit hatto Toshkentda ham yoʻq. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.

— Sohamizga metsenatlik, yaʼni begʻaraz homiylikning ilk koʻrinishlariga Namanganda guvoh boʻldik. Art Soft Tex Group Yangiqoʻrgʻon tumanining Nanay qishlogʻida qurib bitkazgan 100 oʻrinli bogʻchadagi sharoitlar hatto Toshkentda ham yoʻq. Korxona ushbu muassasani vazirligimizga sovgʻa qildi. Yana Uztex Group ham Uchqoʻrgʻon va Norinda bogʻcha qurib, ixtiyorimizga topshirdi, — dedi vazir.

Hozirda Namanganda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish 36 foizni tashkil etadi. Davlat rahbari bu koʻrsatkichni 2 yilda 61 foizga yetkazish, viloyatdagi kollejlar ixtiyorida boʻlgan 26 ta yotoqxonani bogʻchalar uchun ajratishga koʻrsatma berdi.

— Shunday tadbirkorlardan 50 nafar boʻlsa hokimda muammo qolmaydi: yoʻl ham, maktab ham, kasalxona ham, bogʻcha ham boʻladi. Menga doʻst boʻlishni istasangiz maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga eʼtibor bering, — dedi davlat rahbari.

Faollar yigʻilishida ishtirok etayotgan tadbirkorlardan biri shu yerning oʻzida shaxsiy mablagʻlari hisobidan bogʻcha qurib berish istagini bildirdi. Prezident unga Namanganda yod yetishmovchiligi muammosi, buqoq kasalliklari keng tarqalganini inobatga olib, endokrinologiya kasalxonasi qurishni tavsiya qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 72
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 25
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 209
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 86
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar