“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:18
ЎЗO‘Z

Abdulaziz Komilov “Tolibon” rahbarlaridan biri bilan uchrashdi

05 mar, 20:45 4 352 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abdulaziz Komilov “Tolibon” rahbarlaridan biri bilan uchrashdi Qatar poytaxti Doha shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan amaliy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi.

Mulla Barodar Axund Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga koʻmaklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi. U oʻtgan yilning mart oyida oʻtkazilgan hamda afgʻon mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferensiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida taʼkidladi.

Bundan tashqari “Tolibon” harakati rahbariyati vakili transport, energetika va taʼlim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afgʻonistonda amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston tashabbuslarini ijobiy baholadi. Uning alohida qayd etishicha, Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda toʻla qonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afgʻoniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida “ishonch va hamkorlik koʻprigi” boʻlishi mumkin.

Mulla Barodar Afgʻonistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida Oʻzbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini maʼlum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar