“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

Toshkentda doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

05 mar, 11:05 4 864 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibiga oʻzgartirish kiritildi Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsat olish uchun arizaga ilova qilinadigan uy-joy mulkdorining turar joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi oʻzi borib berilganda notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun ariza berganlarida arizaga ilova qilinadigan uy-joy hujjatlari notarial tasdiqlanishi talab qilinmaydi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda uch sutka mobaynida arizachi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.

Quyidagilar bundan mustasno:
- turar joy sotib olinganda;
- yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud boʻlganda;
- vasiylar (homiylar) mavjud boʻlganda;
- mehnat faoliyati bilan shugʻullanganda, taʼlim muassasalarida oʻqiganda;
- davolash muassasalarida davolanayotganda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 0
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 0
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 0
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 23
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 214
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Bo‘limlar