“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 14:15
ЎЗO‘Z

Nogiron boladan saboq...

02 mar, 23:53 4 778 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nogiron boladan saboq... Yoʻlda ketayotib mashaqqat bilan yurayotgan bolaga koʻzim tushdi. Qoʻltiqtayoqqa suyangan, gavdasini tutolmay chapga-oʻnga chayqalardi. Oʻn uch-oʻn toʻrt yoshlar chamasida edi. Bolaga tikilib qolgandim, toʻsatdan yerga yiqilib tushdi. Yugurgilab yoniga borib, turgʻizishga urindim.

Sassiz yigʻlardi.
– Inshaa Alloh, biror yering ogʻrimagandir,- dedim. – Boʻlib turadi, xafa boʻlma, bolam.
– Xafa boʻlmayapman,- dedi.- Aslida koʻp ham xafa boʻlavermayman.
– Lekin nega yigʻlayapsan? –deya soʻradim.
– Qoʻlim ogʻridi,- dedi.- Shuning uchun koʻzimdan yosh chiqib ketdi.
Qarab qoʻyay deb, koʻylagini sidirdim. Chap qoʻli bilagidan kesilgan edi. Shuning uchun bir qoʻltiqtayogʻini yaxshi tutolmasdi.

Oʻrnidan qoʻzgʻalib:
– Kunda bir necha marta yiqilishga odatlandim,- dedi. – Oʻtgan yili yiqlib tushganimda qoʻlim mashina ostida qolib ketgandi.

Soʻz topolmay qiynaldim. Tasalli berish uchun:
– Oʻkinma!- dedim.- Bundan ham yomoni boʻlishi mumkin edi.

Yuzimga tikilgan koʻyi:
– Oʻkinmayman,- deya jilmaydi. – Aslida men koʻp xafa boʻlmayman. Oʻksinmayman.
– Biroz oldin ham shunday deding,- dedim. – Nega bunaqa deyapsan?

Qaltirayotgan gavdasini tik tutishga urinib:
– Chunki men Allohga ishonaman,- dedi.- Unga ishonganlar goʻzal vujudli, sogʻlom boʻlmaydilarmi? ..

Bu gal indamay qoldim. Bir soʻz aytolmasdim...
Tabassum bilan minnatdorchilik bildirib, yonimdan uzoqlashdi...
Qahramon bolaning ortidan qarab “Ajabo, qay birimiz baxtiyor ekanmiz?..” deya oʻyga botib qoldim...
Junayd Suavi
Umida Adizova tarjimasi

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 36
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 135
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 166
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 56
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 21
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 273
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 53
  • Bo‘limlar