“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:10
ЎЗO‘Z

Samarqandda oʻta xavfli retsidivist oʻz qarindoshining Nexiaʻsini olib qochdi

02 mar, 20:47 5 414 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda oʻta xavfli retsidivist oʻz qarindoshining Nexiaʻsini olib qochdi Foto: Qoʻshrabot tumani IIB/Oʻgʻirlangan Nexia
2019 yilning 19 fevral kuni soat taxminan 19:30 atrofida oʻta xavfli retsidivist I.A. Qoʻshrabot tuman Ozod mahallasi Qoraqismoq qishlogʻida yashovchi fuqaro J.V.ning Nexia rusumli avtomashinasini olib qochgan.

Qoʻshrabot tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi boshligʻi Zokir Ochilovning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, I.A. va J.V. yaqin qarindrsh boʻlgan. Ular birgalikda tumandagi Kuralos mahallasida joylashgan “Afsona” doʻkoni yoniga kelgan. J.V. oʻt oldirish kalitini avtomashinaga qoldirib, doʻkonga tushib ketganidan foydalanib I.A. mashinani olib qochib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida I.A. qoʻlga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, I.A. 1995 yildan buyon Jinoyat Kodeksining turli moddalari boʻyicha sudlanib, muntazam ravishda jazo oʻtab kelgan. Xususan, I.A. soʻnggi bor Jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudining 2016 yil 16 avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U Jinoyat Kodeksining 34-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan, Jinoyat ishlari boʻyicha Koson tuman sudining 2018 yil 25 avgustdagi ajrimiga asosan oʻtalmay qolgan 3 yil 11 oy 21 kun jazo muddati manzil koloniyaga oʻtkazilgan.

2018 yilning 2 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB 10-son Jazoni ijro etish koloniyasidan Jizzax viloyat IIB 30-son manzil koloniyaga keltirilgan. I.A. ushbu koloniyada jazo muddatini oʻtab turib, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlab koloniya hududidan chiqib ketib, navbatdagi oʻgʻrilikni sodir etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar