“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:50
ЎЗO‘Z

Oʻzbekiston harbiylari togʻda qator murakkab mashqlarni bajardi (foto, video)

02 mar, 17:39 4 401 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekiston harbiylari togʻda qator murakkab mashqlarni bajardi (foto, video) Mudofaa vazirligi togʻ tayyorgarligi oʻquv mashqlari markazida navbatdagi 45 kunlik oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari oʻtkazildi. Yigʻinning 70-80 foizi amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻlib, oʻta murakkab mashqlar real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda olib borildi. Bu haqda Kun.uzʻga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ob-havo injiqliklari Ugom-Chotqol togʻ tizmasida oʻtkazilgan amaliy mashqlarga yana ham noqulay holatlarni keltirdi. Kunduzi harorat 4-6 daraja sovuq, tungi paytlarda esa 20 gradusgacha pasaydi. Ana shunday ob-havo sharoiti, buning ustiga tizzadan oshadigan qorda harakatlanish harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini tekshirish uchun jiddiy sinovga aylandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar changʻi va otish tayyorgarligi, togʻli hududda daryo, jarlik, qoyalar va shu kabi toʻsiqlardan oshib oʻtishda bir qator usul va uslublardan foydalanishdi. Yigʻin davomida ular tabiiy togʻ toʻsiqlaridan oʻtish mashqini bajardi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Dengiz sathidan 2500-3000 metr balandlikdagi togʻ choʻqqilarida shartli qurollangan jangarilar guruhini aniqlash va yoʻq qilish mavzusida taktik oʻquvlari oʻtkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ushbu mashgʻulotlar boʻlinmalar oʻrtasida hamkorlikni taʼminlash, harbiy xizmatchilarning oʻta murakkab vaziyatlarda yashovchanlik koʻnikmalari hamda jangovar shayligini muntazam oshirib borishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 324
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar