“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:30
ЎЗO‘Z

2018 yilda qancha oʻzbekistonlik chet elga borgani maʼlum boʻldi

02 mar, 08:25 4 015 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2018 yilda qancha oʻzbekistonlik chet elga borgani maʼlum boʻldi 2018 yilda 14 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi chet elga borgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Farrux Dadaxoʻjayev maʼlum qildi.

“Chet davlatlarga chiqayotgan fuqarolarimiz soni yildan-yilga keskin oshib bormoqda. Xususan, 2016 yilda 5 million 310 ming nafar, 2017 yilda 6 million 823 ming nafar va 2018 yilda 13 million 838 ming fuqaro xorijga chiqqan”, — deydi u.

Dadaxoʻjayevning taʼkidlashicha, ularning aksariyati, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarga borishgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi farmonida 2021 yilning 1 yanvariga qadar Oʻzbekiston fuqarolariga kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarga 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport bilan chiqish mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, muddati oʻtmagan xorijga chiqish ruxsatini beruvchi stiker yopishtirilgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport egalari ham 2021 yilga qadar chet elga chiqishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 0
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar