“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:39
ЎЗO‘Z

Andijonlik hunarmand uchta yangi musiqiy asbobni yaratdi

01 mar, 19:48 7 311 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonlik hunarmand uchta yangi musiqiy asbobni yaratdi Andijonlik hunarmand Abdumalik Madrayimovni nafaqat Oʻzbekistonda, balki, koʻplab xorijiy davlatlarda ham yaxshi taniydilar. Boisi, u yaratgan musiqiy asboblar qoʻshni davlatlardan tashqari chet ellarda ham jahon musiqa sanʼati taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Usta yaqina uch xil turdagi musiqiy asbobini yaratdi. “Gijjaki alt”, “Gijjaki bas”, “Gijjaki kontrabas” nomi bilan ataluvchi bu cholgʻu asboblari ham milliy, ham jahon anʼanalariga asoslanganligi bilan eʼtiborlidir.

Yangi musiqiy asboblar ilk bor Andijon sanʼat kollejida sinovdan oʻtkazildi. Ular ijrosida yangragan maqom va jahon klassik kuylari oʻziga xos nafislik kasb etdi. Ayni paytda Glier nomidagi musiqa va sanʼat maktabida ham ushbu asboblarda ijro etish mahorati oʻrganilmoqda.

Aytish joizki, usta oʻzining soʻnggi 25 yillik mehnat faoliyatini milliy cholgʻu asboblarini taʼmirlash, yangisini yaratishga bagʻishladi. Natijada uning mahorati ila tobora sayqallangan Navoiy va Bobur davriga xos oʻnlab musiqiy asboblar ikkinchi umrini yashamoqda. Boisi, Abdumalik Madrayimov 1994 yili “Gijjaki Boburiy” nomi bilan ataluvchi xususiy korxonaga asos soldi. Unda milliy cholgʻu asboblarini taʼmirlash va yangi asboblarni kashf etish ishlarini boshladi. Buning uchun, eng avvalo, Farobiy, Al Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini qunt bilan oʻqidi. Natijada har bir davrning oʻziga xos cholgʻu asboblari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldi. Bu borada ayniqsa, Kamoliddin Behzod asarlari katta ahamiyat qozondi. Har bir maʼlumot unga yangi loyihalar uchun yangi rejalar taqdim etdi. Natijada “Gijjaki Boburiy”, “Dilrabo”, “Dilnavo”, “Meros”, “Xushnavo”, “Qoʻshtor” kabi yangi asboblar dunyoga keldi. U yaratgan musiqiy asboblar orasida ayniqsa, 2015 yilda kashf etilgan chang cholgʻu asbobi alohida oʻrin tutadi. Qadimgi Afrosiyob davriga mansub ushbu asbob Alisher Navoiy asarlarida qaqnus ovoziga qiyoslangan. Shu bois u Buyuk Ipak yoʻli orqali Elladagacha yetib borgan. Usta tomonidan kashf etilgan yangi cholgʻu asbobi uning qiyofadoshi boʻlib, aslida bir qancha afzallik jihatlari bilan ustun turadi.

1995 yilda Toshkentda Yunesko tomonidan BMT tashkil topganligining 50 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Abdumalik Madrayimov oʻzi yaratgan cholgʻu asboblarini ilk bor katta maydonda namoyish etish imkoniga ega boʻldi. Uning asarlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan boʻlsa, cholgʻu asboblarini qayta tiklash, taʼmirlash yoʻnalishida olib borayotgan ishlari taxsinga sazovor ekanligi taʼkidlandi. Natijada u YUNЕSKOning faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelingan “Sharq taronalari” xalqaro festivali orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan musiqachilar va musiqashunoslar usta yaratgan asarlar jahon musiqa sanʼati rivojiga qoʻshilgan ulkan hissa, deya eʼtirof etdilar. Bundan tashqari boshqa xalqaro koʻrgazmalardagi faol ishtirok tufayli Oʻzbekistonda yaratilagn bu asboblarga xorijlik hamkasblarninng qiziqishi ortdi. Yuqori eʼtiroflarga sazovor boʻlayotgan asar namunalari ayni paytda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Temuriylar, xalqaro Bobur fondi, Angliya qirollik, Yaponiya sanʼat muzeylarida saqlanmoqda.

“Tashabbus-2014” koʻrik-tanlovida “Eng yaxshi hunarmand” yoʻnalishida respublika gʻolibi boʻlgan Abdumalik akaning Andijon shahri Bogʻishamol dahasidagi ustaxonasida ishlar hamisha avjida. Bu yerda yangi loyihalar amalga oshirilibgina qolmasdan, bir necha yuz yillik cholgʻu asboblariga “jon ato etilmoqda”. Ayniqsa, bu yerda yaratilgan musiqa asboblarini saqlash uchun mebelga ham talabgor koʻp.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar