Oʻzidan xonanda, sozanda, aktyor, kompozitor yasab olgan va beoʻxshov taxallus qoʻyishning ham uddasidan chiqqan SanJay koʻpchilikka Sherali Joʻrayevning “Karvon” qoʻshigʻini abjagʻini chiqarib aytgani bilan yaxshi tanish.
Shunchasi kamlik qilgandek u yana supermarketda navbat talashib, urush qilibdi. Navbatini bergisi kelmagan yigitga oʻzicha “Meni tanimayapsanmi”, deb doʻq ham urgan. Goʻyo hamma uni tanishga majburdek!