“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:20
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan "qalbaki pul"ni o‘tkazishga uringanlar ushlandi

28 fev, 19:44 5 582 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan "qalbaki pul"ni o‘tkazishga uringanlar ushlandi Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudining 2019 yil 30 yanvardagi hukmi bilan Sh.N., Ch.B. va D.U. O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya’ni qalbaki pul o‘tkazganligi uchun aybdor deb topildi.

O‘zA’ning yozishicha, surxondaryolik uch nafar shaxs – Sh.N., Ch.B. va D.U. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘tkazish maqsadida yasalgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni Surxondaryo viloyati hududidagi bozorlar, savdo ob’ektlari va boshqa joylarda o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi. Ular 2018 yil 13 sentyabr kuni, soat taxminan 10:30larda Qiziriq tumani “Obod yurt” mahallasida joylashgan mol bozorida D.P.dan bir bosh sigirni 5 million so‘m miqdoridagi qalbaki pul evaziga sotib oladilar. D.P.da shubha uyg‘otganligi sababli, bu haqida IIBga xodimlariga murojaat qilgan va qonunbuzarlar qo‘lga olingan.

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, ushbu pul mablag‘lari Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan (bu holat yuzasidan alohida jinoyat ishi mavjud).
Sud sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda hukm chiqardi.

Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan 184 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar yo‘q qilinishi belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar