“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:19
ЎЗO‘Z

DXX Qashqadaryoda o‘tkazgan tezkor tadbirda 30 ming dona «Tramadol» aniqlandi

23 fev, 23:15 4 933 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX Qashqadaryoda o‘tkazgan tezkor tadbirda 30 ming dona «Tramadol» aniqlandi 2018 yilning 27 oktyabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq “Tramadol”, “Baklosan” kabi bir nechta psixofaol preparatlar giyohvand moddalar va psixotrop vositalar ro‘yxatiga kiritildi. Va ayni vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan ularning noqonuniy aylanishiga qarshi jiddiy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zA’ning yozishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida “Toshkent-Denov” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan A.R. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida to‘xtatildi.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 30 ming dona “Tramadol” tabletkasi borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasini fuqaro B.K. Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Ko‘hinur" to‘yxonasi oldida E. ismli ayoldan 34 million 500 ming so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 15 million so‘mini beradi va yukni A.R.ga topshiradi. Haydovchi A.R. esa uni Surxondaryo viloyatiga yetkazib berishi kerak bo‘ladi.

Yana bir holat. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hududida J.X. boshqaruvidagi yuk avtomobili tekshirib ko‘rilganda, uning yukxonasida ham 30 ming dona “Tramadol” borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalarini Toshkent shahrida tug‘ilgan Q.P. ismli shaxs Surxondaryo viloyati Denov shahrida tug‘ilgan O.X.ga 57 million so‘mga sotgan. Shundan so‘ng, u ushbu vositalarni A.J.ga beradi. A. esa ularni yuk sumkasiga joylashtirib, Surxondaryo viloyatiga ketayotgan haydovchi J.X.ga topshiradi va Denov tumanida akasi A.J. olishini aytadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar